Alikoʻsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aliko‘shdan yoʻnaltirildi)


Alikoʻsh — neolit davriga mansub manzilgoh (mil. av. 8-6-ming yillik). Erondagi Musiyon sh. yaqinida. Amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1961 va 1963-yillarda qazishma ishlari olib borilgan. Quyi qatlamlardan paxsa uy qoldiqlari, koʻplab chaqmoqtosh qurollar topilgan. Aholi ovchilik va terimchilik, qisman dehqonchilik (bugʻdoy va arpa donlari to-pilgan) bilan mashgʻul boʻlgan, echki xonakilashtirilgan. Keyinchalik, dehqonchilik va chorvachilik xoʻjalikda asosiy oʻrinni egallagan, qoʻy xonakilashtirilgan, obsidiandan yasalgan qurollar tarqala boshlagan, mil. av. 6-ming yillik boshlarida sopol buyumlar paydo boʻlgan. A. dagi topilmalar Yaqin Sharqning pastte-kislik mintaqalarida ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning qanday vujudga kelganini aniqlashda katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil