Alice Tai
| Alice Tai | |
|---|---|
|
Tai 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Tavallud sanasi |
1999-yil 31-yanvar Poole, Angliya |
| Sport | |
| Qaysi sport | para suzish |
| Klubi | Ealing suzish klubi |
| Murabbiy(lar)i | David Heathock |
Alice Rose Tai (1999-yil 31-yanvarda tugʻilgan) – britaniyalik para suzuvchi. SB8, SM8 va S8 toifalarida raqobatlashadi. Yevropa va Jahon chempionatlarida, Hamdoʻstlik va Paralimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan, barcha toifalar boʻyicha oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tai 1999-yilda Angliyaning Poole shahrida tugʻilgan va New Miltonda voyaga yetgan[1]. Uning otasi Steve xitoylik IT mutaxassisi[2], onasi Angela esa oʻqituvchi. Taining Christian ismli ukasi bor.
Tai ikki tomonlama talipes kasalligi bilan tugʻilgan. 12 yoshga toʻlishidan oldin oʻz holatini yengillashtirish maqsadida 14 ta operatsiyani boshdan kechirgan, baʼzan sogʻayish davomida uzoq vaqt davomida nogironlik aravachasidan foydalanishga majbur boʻlgan[3]. 2022-yil yanvar oyida oʻng oyoqidagi ogʻriq kuchayganidan soʻng tizzadan pastki qismi kesib tashlangan[4].
Tai Midlesex universitetida tahsil olib, 2023-yilda neyrobiologiya boʻyicha bakalavr darajasini birinchi toifali diplom bilan tamomlagan[5].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tai 8 yoshida suzishni boshlagan va New Miltondagi Seagulls suzish klubiga aʼzo boʻlgan[1]. 2010-yil qish oylariga kelib, oilasi uni nogironlar uchun moʻljallangan suzuvchi sifatida tasniflash kerakligini tushunib yetdi[1]. 2011-yilda Tai rasman S10 toifasidagi suzuvchi sifatida tasniflandi va xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqiga ega boʻldi. 2012-yilda Tai Sheffield shahrida oʻtkazilgan Britaniya xalqaro nogironlar suzish chempionatida oʻz salohiyatini namoyon etdi. U yerda 400 metrga erkin uslubda suzish boʻyicha Yoshlar oʻrtasidagi musobaqada ishtirok etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Musobaqaning oltin medali Amy Marrenga nasib qilgan[6].
Tai 2013-yilda kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ham muvaffaqiyat qozona boshladi. U Britaniya xalqaro nogironlar suzish chempionatida uchta yoʻnalishda musobaqa finaliga chiqdi[6]. Keyinchalik Sheffildda oʻtkazilgan ASA milliy chempionatida 50 m erkin uslub suzish boʻyicha uchinchi, 100 m erkin uslubda suzish boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi[6]. 2014-yil yanvar oyida Tai São Pauloda oʻtkazilgan Braziliya maktab oʻyinlarida qatnashish uchun tanlab olingan toʻrt nafar britaniyalik suzuvchilardan biri edi[7]. U 50 m erkin va chalqancha suzish (S10 toifasi) boʻyicha oltin, 50 m brass (SB9 toifasi) boʻyicha esa kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu yoʻnalishda yana uning hamyurti Amy Marren gʻolib boʻlgan edi[7].
2014-yil yozida Tai Britaniya jamoasi bilan birga IPC Yevropa chempionatida qatnashish uchun Eindhoven shahriga bordi. U musobaqada jami beshta yoʻnalishda ishtirok etdi, bular S10 toifasida 50 m erkin uslub, 100 m erkin uslub (S10), 400 m erkin uslub (S10), 100 m chalqancha suzish (S10) va 4×100 m erkin uslubda estafeta bahslari (34 ochko) edi[1]. Tai 50 m erkin uslubda yettinchi[8], 100 m erkin uslubda esa toʻrtinchi boʻlib marraga yetib keldi va 3-oʻrin sohibidan atigi 0,31 soniyaga ortda qoldi[9], biroq qolgan 3 ta yoʻnalishda musobaqa sovrindoriga aylandi[10]. Sportchi 400 m erkin uslubda suzish boʻyicha bronza medalini, 100 m chalqancha suzish boʻyicha kumush, shuningdek, jamoadoshlari Stephanie Millward, Susanna Rodgers va Stephanie Slater bilan birgalikda 100 m erkin uslubda estafeta bahslarida oltin medalga sazovor boʻlgan[11].
Tai 2015-yilda Glazgoda oʻtkazilgan IPC jahon chempionatida Britaniya sharafini himoya qiluvchi 18 nafar sportchidan biri sifatida tanlab olindi[12]. U 7 ta yoʻnalishda ishtirok etish uchun saralab olingan edi. Tai S10 toifasida 50 m erkin uslub, 100 m erkin uslub (S10) va 400 m erkin uslubda suzish (S10) yoʻnalishlarida saralash bosqichidan oʻta olmadi, biroq qolgan 4 ta yoʻnalishda musobaqa sovrindoriga aylandi[1]. Musobaqaning 4- kunida Tai ikkita yoʻnalishda bronza medalini qoʻlga kiritdi, bular 100 m chalqancha suzish (S10) va oradan ikki soat oʻtib, 4×100 m erkin uslubda estafeta bahsida (34 ochko) Avstraliya va AQShdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[13]. Ertasi kuni Tai 100 m batterfly (S10) suzish boʻyicha polshalik Oliwia Jablonskadan juda qisqa farq bilan ortda qolib, yana bronza medalini egallagan[14]. Tai musobaqani ayollar oʻrtasidagi 4×100 m kompleks estafeta (34 ochko) suzish yoʻnalishida Claie Cashmore, Tully Kearney va Susannah Rodgers bilan birgalikda oltin medal bilan yakunlagan[15].
2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Tai va uning jamoasi 34 ochko toifasida 4 x 100 metrga aralash estafeta bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, S10 toifasida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻlgan[16].
Tai 2018-yilda Avstraliyaning Gold Coast shahrida oʻtkazilgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida S10 toifasida 100 m chalqancha suzish yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi Hamdoʻstlik oʻyinlari tarixida Angliya hisobiga suzish boʻyicha 100-oltin medalni taqdim etdi. Shuningdek, sportchi S9 toifasida 100 m erkin uslubda suzish finaliga yoʻllanma oldi va yakunda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Tai oʻshanda oltin medaldan masofaning soʻnggi metrlarida ayrilgan edi[16]. 2019-yilda Londonda boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida Tai 7 ta yoʻnalishdan 6 tasida ishtirok etib, barchasida oltin medalni qoʻlga kiritgan va faqatgina SM8 toifasida 200 m kompleks suzish yoʻnalishi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallagan[17].
Tai 2021-yil iyun oyida tirsagidan jarohat olgani sababli 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok eta olmadi[18]. Uning oʻrniga musobaqaga doʻsti Grace Harveyning jamoaning boshqa aʼzolari bilan birga ketishiga toʻgʻri kelgan[19].
2022-yil iyul oyida Tai oʻng oyogʻi tizzadan pastki qismi amputatsiya qilinganidan atigi bir necha oy oʻtib[20], Birmingemda oʻtkazilgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida S8 toifasida 100 m chalqancha suzish yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Tai S8 toifasida 50 m erkin uslub va 100 m chalqancha uslubda suzish boʻyicha oltin, S8 toifasida 400 m erkin uslubda suzish yoʻnalishida kumush, shuningdek, S8 toifasida 100 m batterfly va SM8 toifasida 200 m kompleks suzish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritib, oʻzi ishtirok etgan barcha yoʻnalishlarda sovrindor boʻlgan[21][22].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Tai, Alice“. IPC. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ Barber. „Alice from Bournemouth ready to take on the world“. World Para Swimming (2020-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 12-dekabr.
- ↑ „London 2012: Disabled swimmer Alice Tai, 12, to carry Olympic torch“. BBC (2011-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ Houston, Michael. „British Paralympic swimmer Tai claims to be "thriving" after right leg amputation“. InsideTheGames.biz (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Middlesex University congratulates former student on striking gold in Paralympic record time“. Middlesex University (2024-yil 4-sentyabr).
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Alice Tai“. swimming.org. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ 7,0 7,1 Guttridge, Roger. „Swimming: Alice strikes gold in Brazil on international debut“. bournemouthecho.co.uk (2014-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ „Women's 50m Freestyle S10 Final“. IPC (2014-yil 4-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Women's 100m Freestyle S10 Final“. IPC (2014-yil 10-avgust). 2014-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
- ↑ Guttridge, Roger. „Swimming: Paralympic hopeful Alice Tai bags three gongs in Holland“. bournemouthecho.co.uk (2014-yil 14-avgust). Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Woman's 4x100m Freestyle Relay 34pt“. IPC (2014-yil 9-avgust). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Strong British team named for Glasgow 2015“. paralympic.org (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ Hudson, Elizabeth. „Alice Tai wins two bronze medals at IPC World Championships“. BBC Sport (2015-yil 17-iyul). Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Results – Women's 100m Butterfly S10 Final“. IPC (2015-yil 17-iyul). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Women's 4x100m Medley Relay 34pts“. IPC (2015-yil 19-iyul). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ 16,0 16,1 „Swimming - BBC Sport“. BBC Sport (2018-yil 6-aprel).„Swimming – BBC Sport“. BBC Sport. 6 April 2018.
- ↑ „London 2019: Alice Tai's fourth gold ends Long unbeaten run“. paralympic. Qaraldi: 2019-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Elbow injury forces swimmer Alice Tai out of Paralympic Games“ (en). Messenger Newspapers (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Getting to know Grace Harvey“. British Swimming. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.
- ↑ „Commonwealth Games 2022: Alice Tai wins gold in women's 100m backstroke S8“. BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
- ↑ „Alice Tai: British swimmer reflects on mental health journey after Paris gold“ (en-gb). BBC Sport (2024-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-iyul.
- ↑ „2024 Paralympic Games“ (en). London Region (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-iyul.
- Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida
- Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
- Buyuk Britaniyalik Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindorlari
- Buyuk Britaniyalik Paralimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindorlari
- Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari
- XXI asr ingliz sportchi ayollari
- Yashayotgan insonlar
- 1998-yilda tugʻilganlar