Alice Griffiths

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alice Griffiths
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alice Griffiths
Tavallud sanasi 22-yanvar 2001-yil (2001-01-22) (23 yosh)
Tavallud joyi Aberdare, Uels
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Southampton Women F.C
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Llwydcoed
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2018 Cyncoed Ladies
2018-2019 Cardiff Met. Ladies 16 (3)
2019- Charlton Athletic 26 (0)
Milliy terma jamoa
2016-2017 Uels U17 12 (1)
2018-2019 Uels U19 4 (1)
2017- Uels 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 1-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (20-oktyabr uchun)

Alice Griffiths (2001-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Uelslik futbolchi, „Sautgempton Women“ klubida oʻynaydigan Griffiths Uelsni barcha yoshlar darajasida himoya qilgan va 2017-yilda kattalar jamoasida debyut qilgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Griffiths Rhondda Cynon Taf, Aberdare shahrida tugʻilib oʻsgan. U Avliyo Yuhanno Baptistlar maktabida oʻqigan[1]. Uning Anna ismli singlisi bor, u ham futbolchi va Uelsni yoshlar darajasida himoya qilgan[2]. Uning otasi Nayjel Elisni „juda uyatchan va sokin qiz, lekin unga bir juft futbol butsasini bering va u gullab-yashnaydi“ deb taʼriflagan[1].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Griffiths Aberdare va Rhondda Junior Futbol Ligasida mahalliy havaskor Llwydcoed jamoasi bilan futbol oʻynay boshlagan. 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻyinida u oʻgʻil bolalar ligasidagi yagona ayol oʻyinchi boʻlgan va futbol oʻynashi sabab oʻtkazib yuborgan maktab mashgʻulotlarini bajarish uchun xususiy oʻqituvchi olgan[1]. U 2017-yilda Uels Premer-Ayollar Futbol Ligasining Cyncoed Ladies jamoasiga qoʻshildi va birinchi mavsumida divizionning yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[3].

2018-yilda u jamoadoshi Greys Horrell bilan birga Uels Premer-ligasi Cardiff Met Ladies jamoasiga qoʻshilgan[4]. 2018-19-yilgi mavsumda Griffiths jamoaga liga chempionligi, FAW ayollar kubogi va Uels Premer ayollar kubogini qoʻlga kiritib, ichki treblni yutishda yordam bergan[5].

2019-yil iyul oyida Griffits Angliyaga koʻchib oʻtdi va FA ayollar chempionati jamoasi Charlton Athletic bilan shartnoma imzoladi[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Griffiths 16 yoshgacha boʻlgan Uels oʻquv-mashgʻulot yigʻinida jamoaning eng yosh aʼzosi sifatida qayd etildi, u boshqlardan ikki yoshga kichik boʻlgan[2]. Ikki yil oʻtgach, u 15 yoshida 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirildi[1][7].

Griffiths 2017-yilda Uels terma jamoasiga chaqirilgan edi. U 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Uels terma jamoasi Qozogʻiston ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyut qilgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cardiff Met. Ladies

  • FAW ayollar kubogi gʻolibi: 2018-19[5]

Shaxsiy yutuqlar

  • Uels Premer-Ayollar Futbol Ligasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017-18[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Tegeltija, Sam. „She's her football club's only girl and plays in a boys' team... now Alice Griffiths is excelling in the red of Wales“. WalesOnline. Media Wales (22-aprel 2016-yil). Qaraldi: 1-iyul 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 „Girls' Footballing Success“. St. John the Baptist School (1-oktabr 2014-yil). 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.
  3. 3,0 3,1 „International recognition for Cyncoed duo“. Welsh Premier Women's Football League (29-iyun 2017-yil). 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  4. Jones. „2018/2019: Welsh Premier Women's League Season Preview“. clwbpeldroed.org (1-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 „FAW Women's Cup: Cardiff Met Women win domestic treble“. BBC Sport (14-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
  6. „Charlton Athletic Women sign Alice Griffiths“. Charlton Athletic W.F.C. (16-iyul 2019-yil). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2019-yil.
  7. Sands, Katie. „The girls who grew up to stand on the brink of taking Wales to the World Cup“. WalesOnline. Media Wales (31-avgust 2018-yil). Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.