Islom Alibekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alibekov Islom Maybosovichdan yoʻnaltirildi)

Islom Maybosovich Alibekov (1945.15.4, XXR Sin’szyan-Uygʻur muxtor tumani, Chugunchaq sh.) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻiston xalq rassomi (1987). Olmaota badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1962-69). Olmaotadagi Respu-blika yosh tomoshabinlar teatrida ras-som (1969-72); 1972-yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya tea-trida bosh rassom. A.ning qoraqalpoq teatrlari uchun yaratgan sahna bezaklari asar ruhi va rejissor gʻoyasiga monandligi bilan ajralib turadi. A.ning, shuningdek rangtasvir („Q. Soipov portreti“, 1973; „Uchrashuv“, 1977 va boshqalar), haykaltaroshlik („Baxt“, „Ertak“- ikkalasi ham shamot, 1980 va boshqalar) asarlari bor. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1984).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil