Ali ibn Harzihim
Qiyofa
Sidi Ali ibn Harzihim (arabcha: علي بن حرزهم) yoki Abul Hasan Ali ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Abdallah ibn Harzihim/Hirzihim (shuningdek: Sidi Hrazem yoki Sidi Harazim) – Fos shahrida (hozirgi Marokash) tugʻilgan va hijriy 559-yil / milodiy 1163-yilda shu shaharda vafot etgan[1]. U berberlardan boʻlgan[2] soʻfiy murshid, Fosdagi Gʻazoliy taʼlimotiga asoslangan zavoya (tasavvufiy makon) rahbari boʻlgan. U mashhur soʻfiy Abu Madyanning ruhiy ustozidir. Uning nomi bilan atalgan mashhur „Sidi Harazim“ buloq suvi manbasi ham mavjud[3][4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Biographical Encyclopaedia of Sufis : Africa and Europe / N. Hanif. New Delhi, Sarup, 2002, ISBN 81-7625-267-0.
- ↑ Akyeampong, Emmanuel Kwaku; Gates, Henry Louis. Dictionary of African Biography (en). OUP USA, 2012 — 64-bet. ISBN 9780195382075.
- ↑ Michaux-Bellaire, Édouard; Péretié, A. (1911-yil dekabr). "Les Marabouts (2)". Revue du monde musulman 16 (12): 138. http://visualiseur.bnf.fr/ark:/12148/bpt6k1038116/f341.item.
- ↑ Mercedes García-Arenal, Messianism And Puritanical Reform: Mahdis of the Muslim West, translated by Martin Beagles, Brill, 2006 ISBN 90-04-15051-X, 9789004150515, 113-bet
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu Yaqub Yusuf ibn al-Zayyat al-Tadili (vafoti: 1230/1), Kitab al-tashawuf ila rijal al-tasawwuf (Rabat, 1997)
- The Way of Abu Madyan, 1-ilova: 'Ali ibn Hirzihimga nisbat berilgan „al-Qasida al-Nuniyya“ matni va tarjimasi, 1996, ISBN 0-946621-35-7