Ali ar-Rizo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ali Ar-Rizodan yoʻnaltirildi)

Ali Ar-Rizo, Ali ibn Muso (765 yoki 770-818) — shialarning sakkizinchi imomi. Madinada yashagan. 816 yilda xalifa al-Maʼmun moʻʼtadil shialar bilan ittifoqlashish va ular yordamida oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida A. ar-R.ni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa choʻzilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin A. ar-R. Xurosonda Tus sh. yaqinidagi Nukan qishlogʻida zaharlab oʻldirilgan va Sanobad qishlogʻiga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa A. ar-R. sharafiga Mashhadi Ali Rizo nomi qoʻyilib (A.ar-R. shahid boʻlgan joy), u yirik shahar (hozirgi Mashhad)ga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil