Kontent qismiga oʻtish

Alexander Grin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alexander Green (1910)
Tavalludi 23-avgust 1880-yil
Vafoti 8-iyul 1932-yil(1932-07-08)
(51 yoshda)
Stary Krym
Kasbi Yozuvchi
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Janr Neo-romantizm
Turmush oʻrtogʻi Vera Abramova
Nina Grin

Aleksandr Stepanovich Grinevsky (oʻzining taxallusi bilan yaxshi tanilgan, 23-avgust 1880-yil 8-iyul 1932) rus yozuvchisi. U romantik mavzudagi romanlari va qisqa hikoyalari bilan butun dunyoga mashhur. Uning asarlaridagi voqealar asosan xayoliy Yevropa yoki Lotin Amerikada boʻlib oʻtgan (Grinning muxlislari koʻpincha ushbu yerlarni Grinlandia deb ataganlar). U koʻplab asarlariga dengiz, sarguzasht va sevgini asosiy mavzu sifatida tanlagan[1].

Alexander Grin (Aleksandr Stepanovich Grinevsky) 1880-yilda Vyatka guberniyasining Slobodskoy shahrida (hozir Kirov viloyati) polyak millatiga mansub Stefan Hryniewskining xonadonida tugʻilgan. Stefan 1863-yilgi yanvar isyonida ishtirok etgani uchun jazo sifatida Tulaga surgun qilingan va u yerda hamshira Anna Lyapkova bilan tanishgan[2]. Aleksandr Vyatkadagi maktabni bitirganidan soʻng, (1896-yilda) Odessaga borgan va o'sha yerda yashashni boshlagan[1]. Stefan dengizchi, konchi va qurilishda ishchi boʻlib ishlagan, ammo koʻpincha ishsiz bo'lgan va tilanchilik qilib, otasi yuborgan pullar bilan kun kechirgan.

Rossiya armiyasiga qoʻshilganidan soʻng, u Socialist-Revolutionary Partyga ga aʼzo boʻlgan, va „inqilobiy targʻibot“ chilik bilan shugʻullangan degan ayblov bilan qamoqqa olingan. Alexander 1906-yilda oʻzining birinchi qisqa hikoyasini gazetada nashr ettirgan. Xuddi shu yili, Grin Sankt-Peterburgda hibsga olingan va Tobolsk guberniyasining chekka bir hududida toʻrt yilga surgun qilingan. Biroq, Tobolskga yetib kelganidan koʻp oʻtmay, Grin u yerdan qochib ketgan va qonunga xilof ravishda Sankt-Peterburgga qaytgan.1910-yilda u yana hibsga olingan va Arkhangelsk guberniyasiga yuborilgan. Kegostrov nomli bir kichik qishloqda, Grin birinchi xotini Vera Pavlovna Abramova bilan (1910-yilda turmush qurishgan) 1910-yildan 1912-yilgacha istiqomat qilgan[3].

1912-yilda yozuvchi Sankt-Peterburgga qaytib, xotini bilan ajrashgan. Oʻsha paytlarda Grin asosan qisqa hikoyalar nashr ettirgan; uning yirik asarlarining aksariyati 1917-yil oktyabr inqilobidan keyin yozilgan boʻlib,1920-yillarning birinchi yarmida katta shuhrat qozongan. Stefan 1921-yilda Nina Nikolaevna Gringa uylangan[4]. 1924-yilda ular dengiz boʻyida yashash uchun Feodosiyaga koʻchib oʻtishgan. Grinning umrining soʻnggi yillaridagi romantik qarashlari sovet adabiyotining asosiy oqimidan keskin farq qilgan; Shu sababdan Moskva va Leningraddagi nashriyotlar uning asarlarini koʻrib chiqishdan bosh tortganlar va Grin umrining oxirgi yillarini rafiqasi bilan qashshoqlikda yashashga majbur boʻlgan. Grin alkogolizm va sil kasalligidan aziyat chekkan, bu oxir-oqibat uning ahvolini yomonlashtirgan. U 1932-yilda Stary Krimda oshqozon saratonidan vafot etgan va Stary Krym qabristoniga dafn etilgan[5].

Rejissyor Andrei Tarkovskiy oʻzining Sculpting in Time kitobida, Grin ochlikdan oʻlar ahvolga kelganda oʻzi yasagan kamon va oʻq bilan biron hayvonni ovlash maqsadida togʻga chiqib ketayotganini tasvirlaydi. Rejissyor Grinni haqiqiy shoir sifatida koʻrsatib, shunday: „dunyoni idrok etish, voqelikka oʻziga xos munosabat… insonni butun umri davomida yoʻnaltiruvchi hayotiy falsafaga ega boʻlgan ijodkor“ deya taʼriflagan[6].

Aleksandr Grinning romanidagi alvon yelkanli kema Sankt-PeterburgdagiAlvon yelkanlar“ bayramining ramziy timsoli hisoblangan.

Aleksandr Grinning aksariyat asarlari u yashagan imperiya va sovet Rossiyasi voqeligiga bevosita aloqador bo'lmagan. Uning koʻplab romanlari va hikoyalari dengiz boʻyidagi noma'lum bir yurtda kechgan. Bu joy, goʻyo Yevropadan ancha uzoqda joylashgan boʻlsa-da, barcha qahramonlarning ismi va tashqi koʻrinishi jihatdan gʻarbiy Yevropaliklarga oʻxshagan.

Ukraina markasi, 2005-yil

Baʼzi tanqidchilar tomonidan „oʻsmirlar fantastika“ deb taʼriflangan Grinning asarlari XX asr boshidagi voqeliklar (avtomobillar va banklar kabi) bilan chambarchas bogʻliq[7]. Dengiz kapitanlari, dengizchilar, olimlar, sayohatchilar, jinoyatchilar, ekstravagant aristokratlar, qizlar, yovuz odamlar va har doim oʻz orzulariga sodiq qoladigan kuchli ruhiy qahramonlar yashaydigan dunyoni Grinning muxlislari koʻpincha Grinlandia deb atashgan. Uning baʼzi romanlarida sehr unsurlari uchraydi, bu esa badiiy olamining ajralmas qismi sifatida emas, balki unga duch kelgan kishilarning hayotini oʻzgartirib yuboradigan moʻjiza sifatida namoyon boʻlgan.

  1. 1,0 1,1 The Soviet Union, A Biographical Dictionary, Macmillan, NY, 1990.
  2. Varlamov, Alexei. Александр Грин: биография (Alexander Grin: Biography) (ru). Moscow: Eksmo, 2010. ISBN 978-5-699-38651-2. 
  3. „Keg-Ostrov: Russia“. Geographical Names. Information Technology Associates. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  4. „Грин (Миронова) Нина Николаевна (Grin (Mironova) Nina Nikolaevna)“ (ru). Бессмертный барак (Immortal Barracks). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  5. „А. С. Грин (A. S. Grin)“ (ru). Крым на Красивое.ру (Crimea on Krasivoye.ru). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  6. Andrei Tarkovsky, Sculpting in Time (Austin: University of Texas Press, 1967) p. 21.
  7. Crossover Fiction: Global and Historical Perspectives, Sandra L. Beckett