Kontent qismiga oʻtish

Alena Kovačková

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alena Kovačková
Mamlakat Chexiya bayrogʻi Chexiya
Tugʻilishi 2008-yil 13-iyun (2008-06-13) (18 yosh)
Trutnov, Chexiya
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $22,395
Yakkalik bahslar
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi 594-oʻrin (24-noyabr 2025)
Joriy pozitsiyasi 609-oʻrin (2-fevral 2026)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open Junior 3-bosqich (2025, 2026)
French Open Junior 3-bosqich (2025)
Wimbledon Junior 2-bosqich (2025)
US Open Junior 2-bosqich (2023, 2024)
Juftlik bahslari
Jami titullari 7 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 450-oʻrin (16-iyun 2025)
Joriy pozitsiyasi 490-oʻrin (19-yanvar 2026)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open Junior (2026)
French Open Junior F (2025)
Wimbledon Junior (2023)
US Open Junior (2025)
Soʻnggi marta yangilandi: 2 fevral 2026.

Alena Kovačková (2008-yil 13-iyunda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi[1][2]. Yakkalik bahslari boʻyicha 2025-yil 24-noyabrda WTA reytingida 594-oʻrin, 2025-yil 16-iyunda juftlik bahslari boʻyicha 450-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.

Kovačková qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida uchta yirik oʻsmirlar musobaqasi chempionligini qoʻlga kiritgan, shulardan ikkitasiga singlisi Yana Kovačková bilan birga ega chiqqan.

Oʻsmirlar oʻrtasida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil oktyabr oyida U–14 qizlar oʻrtasida Yevropada 1-raqamli tennischi boʻlgan paytida Kovačková Monakoning Monte-Karlo shahrida boʻlib oʻtgan Tennis Europe Masters musobaqasida U–16 musobaqasi chempionligini qoʻlga kiritdi[3]. Oʻsha yilning oxirida sportchi bir yil ichida ham U–14, ham U–16 sportchilar oʻrtasida „Yil oʻyinchisi“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan ilk qizga aylandi[4].

2023-yil iyul oyida Kovačková oʻsmirlar oʻrtasida ilk yirik musobaqa chempionligini qoʻlga kiritdi. Sportchi 2023-yilgi Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida vatandoshi Laura Samsonova bilan birga gʻolib boʻldi. Ular finalda britaniyalik juftlik Hannah Klugman va Isabelle Lacyni magʻlub etishdi[5]. Ulardan oʻn yil avval ushbu musobaqada bunday natija chexiyalik tennischilar Barbora Krejčíková va Katerina Siniakova qayd etilgan edi[6].

Keyingi mavsumda birinchi raketka ustalari va amaldagi chempionlar sifatida Kovačková va Samsonova 2024-yilgi Wimbledon musobaqasida chorak finalgacha yetib bordi. Chorak final bahsida ular yettinchi raketka ustalari Mika Stojsavljevic va Mingge Xuga oʻyinni boy berdi[7].

Kovačková singlisi Yana bilan birga 2025-yilgi Avstraliya Ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida qatnashdi. Ular musobaqaning yarim finaligacha yetib bordi, biroq amerikalik egizak opa-singillar Kristina va Annika Penickovaga magʻlub boʻldi[8][9]. Bir necha oy oʻtib, chexiyalik juftlik amerikalik egizaklarni 2025-yilgi Fransiya Ochiq chempionatidagi magʻlub etishga muvaffaq boʻldi, biroq finalda nemis juftligi Eva Bennemann va Sonja Zhenikhovaga yutqazdi[10]. Mavsumning keyingi qismida Kovačková va singlisi yirik oʻsmirlar turnirida chempionlikka sazovor boʻldi. Ular 2025-yilgi AQSH Ochiq chempionati juftlik bahslarida gʻolib chiqdi. Chexiyalik opa-singillar finalda toʻrtinchi raketka ustalari Laima Vladson va Jeline Vandrommeni ikki setda magʻlubiyatga uchratdi[11][12].

Kovačková singlisi Yana bilan birga 2026-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida gʻalaba qozondi. Ular butun musobaqa davomida birorta setni ham boy bermadi va ilk bor faqatgina chexiyalik tennischilardan iborat boʻlgan final bahsida Tereza Heřmanová va Denisa Žoldákováni magʻlub etdi[13][14].

Alena Kovačková 2026-yil 2-fevralda oʻsmirlar oʻrtasida kombinatsiyalangan ITF reytingida dunyo boʻyicha 5-oʻringa koʻtarildi[15].

  1. „Alena Kovackova Profile“. ITF Tour. Qaraldi: 2026-yil 5-yanvar.
  2. „kovackova alena“. lespetitas.com. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  3. Rouquette, Cedric „European No. 1 of the U14s, Kovackova wins the Masters… of the U16s“. Tennismajors (2022-yil 28-oktyabr). 2023-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  4. „Alena Kovačková announced Tennis Europe Player of the Year“ (2022-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
  5. „Clervie Ngounoue, Henry Searle win Wimbledon juniors titles“. ESPN (2023-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  6. „Juniors Kovačková, Samsonová and Filip won the doubles titles at Wimbledon“. Ceskenoviny.cz (2023-yil 16-iyul). 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
  7. Jennings, Will „The four Brits who can still win Wimbledon“. inews (2024-yil 12-iyul). Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  8. „Incredible! Two pairs of sisters face off in the junior doubles... and the twins win“. Marca (2025-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 23-yanvar.
  9. Vyas, Sparsh „Surreal! Dressed exact same, two sisters face twin sisters at Junior Australian Open“. 9news (2025-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 24-yanvar.
  10. Imhoff, Dan „TAGGER CHANNELS FORMER SCHIAVONE FIELD“. Rolandgarros.com (2025-yil 6-iyun). Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
  11. Sode, Scott „Juniors: Ivanov, Klugman reach semis at the 2025 US Open“. usopen.org (2025-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 5-sentyabr.
  12. „Ivan Ivanov, Jeline Vandromme win US Open junior titles“. ESPN (2025-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 6-sentyabr.
  13. Jirásek, Ondřej „Češky a Češi na kurtech, pátek 30. ledna: Čtyři naděje zabojují o finále Australian Open“. Livesport.cz (2026-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 30-yanvar.
  14. Arhontissas, Felicia „Kovackova sisters claim AO 2026 junior girls’ doubles crown“. ausopen.com (2026-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 1-fevral.
  15. „Alena Kovackova Junior Results“.