Aleksey Nikitich Tekuchev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksey Nikitich Tekuchev (1900, Yuqorikurmayarsk — 1978) — fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950); fizikamat, fanlari doktori (1945). Moskva universitetni tugatgan (1930). 1930 yildan boshlab Samarkand Pedagogika akademiyasida, Oʻzbekiston Davlat Universitetida (1945—56), Ryazan davlat pedagogika institutida ishlagan. Ilmiy ishlari, asosan, geliotexnika masalalariga bagʻishlangan. U metall plyonkalarning optik xossalarini oʻrganib, bu plyonkalarning yorugʻlikni aks ettirish va yutish koeffitsiyentini aniklash usullarini ishlab chiqishga muvaffaq boʻlgan, sirtlarning nur yutish va kaytarish koeffitsiyentlarini aniqlagan.