Aleksandriya kutubxonasi
ALEKSANDRIYA (ISKANDARIYA) KUTUBXONASI — ellinizm davrida bunyod etilgan mashhur kutubxonalardan biridir. Aleksandriya kutubxonasiga mil. av. 3-asrda ptolemeylar sulolasi davrida yashagan atoqli olim va adiblar (Zenodot, Aristarx Samosskiy, Kallimax va boshqalar) asos solgan. Bu yerda yunon fani va adabiyotiga doir koʻplab qoʻlyozma asarlar toʻplangan. Bundan tashqari, Sharq tillaridagi kitoblar ham mavjud boʻlgan. Kutubxona qoshida kitob koʻchiruvchilar guruhi faoliyat yuritgan, kutubxona katalogi tuzilib, u vaqt-vaqti bilan toʻldirib turilgan. Kutubxonada 700 ming jildga yaqin kitob saqlangan. Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi uch asr davomida rivojlanib bordi. Mil. av. XLVIII — XLVII yillar Aleksandriya urushi davrida kutubxona asosiy toʻplamining bir qismi yonginda kuyib ketdi. Misrni Rim impe-riyasi bosib olgach, Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasi oʻz mavqeini yoʻqotib bordi, qolgan qismi VII—VIII asrlarda tamomila tugatildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |