Aleksandr Perov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Petrovich Perov (1935.7.1, Chimkent shahri, Qozogʻiston) — rangtas-vir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (2002). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1955) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1965)ni tugatgan. 1974-yildan xrz. Respublika tasviriy sanʼat litsey-internatida pedagog. P. asarlarining ranglar uygʻunligida taʼsirchanlik, ob-razlilik, kompozitsiya yechimida yuksak mahorat koʻzga tashlanadi; ijodidan qishloq mehnatkashlari, zamondosh ziyolilar, oʻlkaning tarixiy manzaralari keng urin olgan: "Zamondosh", "Yoshlar", "Mehmonda", "Qish", "Ona", "Matluba", "Obi hayot", "20-yillar", "Qoʻriq yer", "Samarqand. Amir Temur makbarasi", "Xiva" turkum asarlari, "Dala gullari" va boshqa 1965-yildan respublika va xorijdagi badiiy koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil