Aleksandr Lvovich Katsenovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Lvovich Katsenovich (1897.4.5, Belorussiya — 1962.1.9, Toshkent) — infeksionist-terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari doktori (1939), professor (1939), Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1924). Toshkent tibbiyot akademiyasi infeksion kasalliklar klinikasi dotsenti (1932—39), 1939 yildan klinika boshligʻi. Ilmiy ishlari brutsellyoz, ich terlama kabi yuqumli kasalliklar klinikasi va davosiga oid. Oʻzbekistonda uchraydigan gemorragik isitmani birinchi boʻlib aniqlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil