Aleksandr Ivanovich Nikolayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Ivanovich Nikolayev (1922.22.11, Ryazan viloyati — 1994.26.11 — Toshkent) — immunolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1979). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1964). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1949), shu institut biokimyo kafedrasida katta laborant (1949—50), Harbiy akademiyaning maxsus kursi oʻquvchisi (1950—52), Toshkent tibbiyot akademiyasi, soʻngra farmatsevtika institutida oʻqituvchi (1952—58), Oʻzbekiston onkologiya va radiologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari (1958—68), Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1968—75), 1975 yildan Oʻrta Osiyo (hozirgi Toshkent) pediatriya tibbiyot instituti biokimyo kafed-rasi mudiri. Ilmiy ishlari umumiy immunologiya, autoimmunopatologiya va biokimyo masalalariga oid.

Manbalar[tahrir]

  • Immunnie reaksii pri ximioterapii, T., 1969; Metodi opredeleniya autoan-titel i ix sravnitelnaya otsenka, T., 1971 (hamkorlikda); Eksperimentalnie i klinicheskiye aspekti autoimmunopatologii, T., 1974.