Aleksandr Deych

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Iosifovich Deych [1893.2(14).5, Kiyev - 1972.8.4, Moskva] — rus yozuvchisi, adabiyotshunos, tarjimon. Prof. (1922), filol. fanlari doktori (1945). Kiyev universiteti tamomlagan (1917). "Jahon adabiyotida Don Juan tipi" (1911), "Prometey haqida mif" (1912), "Doktor Faust tarixi", "Jovanni Bokkachcho" (1913) kabi ilmiy kitoblari, "Amundsen" (1936), "Fritof Nansen" (1936, L. Bat bilan hamkorlikda) va "Taras Shevchenko" (1939) biografik qissalari nashr etilgan. Deych Ikkinchi jahon urushi davrida Toshkentda Informbyuro vakili boʻlib ishlagan va Oʻrta Osiyo universitetida dare bergan. D. faoliyatida oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ayniqsa, Alisher Navoiy, Oybek ijodi yetakchi urin egallaydi. "Alisher Navoiyning gʻoyaviy dunyosi", (1968; Oybek bilan hamkorlikda) asarida buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Navoiy asarlaridagi zamon va makon, birlik va umumiylik, bilish nazariyasi kabi falsafiy mushohadalar talqin qilingan. "Bugungi kun va oʻtgan kun" (1969) kitobidagi "Oʻzbekistan qalbi" (asosan Oybek haqida) maqolasida oʻzbek adabiyoti va madaniyati yuksak baxrlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "DEYCH Aleksandr Iosifovich" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Abror Hidoyatov, M.— L., 1948; Oʻzbekistan qalbi: Adabiy-tanqidiy maqolalar, T., 1983.