Aleksandr Askochenskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Nikolayevich Askochenskiy (1898.5.9, Rossiyaning hozirgi Voronej viloyati Verxniy Lomovsk qishlog‘i – 1973.5.3, Moskva) – muhandis-irrigator, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943), professor (1939), Leningrad temir yoʻl injenerlari institutini tugatgan (1925). O‘rta Osiyo irrigatsiya va meliorativ qurilishi instituti (Sredazgiprovodxlopok) bosh muhandisi (1931 – 39), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti (1948 – 50), so‘nggi yillarda sobiq Ittifoqda qishloq xoʻjaligi bo‘yicha mas’ul lavozimlarda ishlagan. Askochenskiyning ilmiy ishlari O‘rta Osiyo suv re-surelarini o‘rganish, paxta ekiladigan rayonlarni sug‘orish va melioratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan. Katta Farg‘ona kanali, Qoraqum kanalini loyihalash va qurishda qatnashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil