Kontent qismiga oʻtish

Aleksandar Šušnjar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandar Šušnjar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandar Šušnjar
Tavallud sanasi 19-avgust 1995-yil (1995-08-19) (30 yosh)
Tavallud joyi Pert, Avstraliya
Boʻyi 1.91 m[1]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015 Perth Glory
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2014 Ekranas 30 (5)
2015 Perth 4 (1)
2016 Lietava Jonava 14 (1)
2016–2017 Gaz Metan Mediaș 18 (0)
2017 Teplice 27 (0)
2018–2019 Mladá Boleslav 9 (0)
2018   Žilina 12 (0)
2018   Žilina II 1 (0)
2019 Busan IPark 29 (0)
2020–2023 Macarthur FC 50 (2)
2023 Novi Pazar 3 (0)
2023–2024 Perth Glory 21 (2)
2024–2025 Newcastle Jets 16 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Serbiya U17 1 (0)
2018 Avstraliya U23 3 (0)
2018 Avstraliya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 26-aprel uchun)

Aleksandar Šušnjar (Serbiya kirillchasi: Александар Шушњар[2]; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan) – avstraliyalik professional futbolchi, yaqinda A-Liga erkaklar turniri ishtirokchisi Newcastle Jets jamoasida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandar Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilgan. Professional futboldagi ilk ishtirokini Yevropada, Litvaning Ekranas jamoasida 2013 va 2014-yilgi A Liga mavsumlarda oʻtkazggan. Keyinchalik u Avstraliyaga qaytib kelgan va 2015-yilgi Milliy Premyer-liga ishtirkchisi Perth SC klubi tarkibida oʻynagan. 2016-yilgi mavsumda Lietava Jonava klubi bilan shartnoma imzolagan.

2024-yil may oyida Šušnjar Perth Gloryni tark etib, Newcastle Jetsga qoʻshilgani eʼlon qilindi[3][4][5].

2025-yil 22-dekabrda klub oʻzaro kelishuvga koʻra Šušnjarni zudlik bilan tark etishini eʼlon qildi[6].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Šušnjar dastlab Serbiya sharafini himoya qilgan, 2011-yilda Serbiya U-17 terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Biroq, 2018-yilning yanvariga kelib, u allaqachon Avstraliya FA eʼtiborini tortgan va Avstraliya U23 terma jamoasida debyut qilgan[7].

U oʻzining birinchi katta chaqiruvini 2018-yil mart oyidagi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Bert van Marveykning birinchi Socceroos jamoasiga tanlanganida olgan[8]. U Avstraliya terma jamoasi safida 2018-yilning 23-martida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[9].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Šušnjar ona tili ingliz tilidan tashqari, serb, litva va chex tillarida ham bemalol gaplasha oladi, shuningdek rumin tilida ham oʻzining fikrlarini tushuntira oladi[10]. U koʻpincha Serbiya birinchi ligasida[11][12] Donji Srem jamoasida oʻynagan xuddi shu ismdagi serbiyalik futbolchi bilan adashtiriladi[13][14][15]. Oʻsha futbolchining katta akasi Milan bilan birga oʻynagan[16][17].

  1. „A. Susnjar“. Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
  2. https://www.instagram.com/reel/DPvDE_BCcIB/?igsh=ZmduYmxjbzF4MmFk
  3. Gardiner, James. „Jets coach gets to work on building squad as takeover nears completion“ (2024-yil 10-may). „Perth Glory defender Aleksandar Susnjar is set to join the Newcastle Jets next season“.
  4. Gardiner, James. „Lets get cracking: Jets coach to discuss plans with new owners“ (2024-yil 21-may). „The Jets have 10 players contracted for next season, including recruit Aleks Susnjar“.
  5. toml „Newcastle Jets sign Aleksandar Šušnjar“ (en-AU). Newcastle Jets (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
  6. „Aleksandar Šušnjar to depart the club“. Newcastle Jets FC. Qaraldi: 2025-yil 22-dekabr.
  7. Aleksandar Šušnjar Soccerway saytida
  8. „Bert van Marwijk confirms preliminary Caltex Socceroos squad for March matches“. Socceroos (2018-yil 6-mart).
  9. Aleksandar Šušnjar National-Football-Teams.com saytida
  10. McCullough, Ian „Socceroos bolter Aleksandar Susnjar undaunted as sacrifices pay off“. The Sydney Morning Herald. Fairfax Media (2018-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  11. „Susnjar, Aleksandar“ (Serbian). srbijafudbal.com. Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  12. „"FUDBAL" 33/16 - page 2453“ (Serbian). Football Association of Serbia (2016-yil 9-avgust). 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  13. „sr:Аустралија са четири Србина, Шушњар добио позив“ (Serbian). Dnevnik (2018-yil 6-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  14. „Preko Donjeg Srema do reprezentacije Australije“ (Serbian). mozzartsport.com (2018-yil 6-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  15. „sr:Аустралија са "српским коренима", Шушњар добио позив“ (Serbian). Radio Television of Serbia (2018-yil 6-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  16. „Susnjar, Milan“ (Serbian). srbijafudbal.com. Qaraldi: 2018-yil 6-iyul.
  17. „Legenda Radničkog, Dragomir Šušnjar i jedna lepa fudbalska priča…“ (Serbian). kafanskiselektor.com (2015-yil 18-may). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.