Aleks Yang (footballer,born 1880)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alexander Simpson Young (inglizcha: Alexander Simpson Young),Aleks Yang yoki Sandy Yang nomi bilan ham tanilgan shotlandiyalik futbolchi,markaziy hujumchisi[1][2].

1880-yil 23-iyunda Shotlandiyaning Slamannan shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slamannan shahrida (Sterlingshir,Shotlandiya) konchi oilasida tugʻilgan.U mahalliy „Slamannan Juniors“ klubida oʻynagan.1899-yilda Shotlandiyaning „Sent Mirren“ klubida futbolchi boʻldi.Bir yil oʻtgach u „Falkirk“ futbolchisiga aylandi.1901-yil aprel oyida Angliyaning „Everton“ klubi „Falkirk“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi, unda Yang ishtirok etdi.Yosh shotlandiyalik oʻz oʻyini bilan „Everton“ rahbariyatini hayratda qoldirdi va 1901-yilda Yang „Everton“ klubi futbolchisiga aylandi.

Yang 1901-yilning 28-sentabrida Birmingemda „Aston Villa“ga qarshi o‘yinda „Everton“ safida debyut qilgan.1902-yil 25-yanvarda Angliya kubogi tarixidagi ilk mersisayd derbisida "Liverpul" darvozasiga gol urdi.1906-yilda u „Nyukasl Yunayted“ ga qarshi finalda yagona gol urib, „Everton“ga Angliya kubogini yutib olishga yordam berdi. Yang olti mavsumda (1903/04,1904/05,1905/06,1906/07, 1907/08,1910/11) „Everton“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.1906/07-yilgi mavsumda u birinchi divizionning eng yaxshi toʻpurariga ham aylangan (28 ta gol).U „Everton“ safida jami 314 ta oʻyin oʻtkazib,125 ta gol urgan[3][4].

1911-yilda u „Tottenxem“ga oʻtdi.1911-yil 2-sentyabrda u „Shporlar“ safida „Gudison Park“ da „Everton“ga qarshi oʻyinda oʻzining sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi[5].U „Tottenxem“ safida 5 ta o‘yin o‘tkazib[6] 3 ta gol urgan.

1911-yilning noyabrida u „Manchester Siti“ga koʻchib oʻtdi.U klub safida 15 ta o‘yin o‘tkazib[7] 2 ta gol urgan.

Keyinchalik u „Saut Liverpul“ havaskor klubida oʻynadi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1905-yil 1-aprelda u Shotlandiya terma jamoasi safida Angliyaga qarshi oʻyinda debyut qildi[8].1907-yil 4-martda u Shotlandiya terma jamoasi uchun ikkinchi va oxirgi oʻyinini oʻtkazdi-bu Uelsga qarshi oʻyin edi[9].

Faoliyati tugaganidan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlab, akasi bilan Avstraliyaga hijrat qildi.1916-yil iyun oyida Yang oʻz akasini otib oʻldirdi, sababi u bilan uzoq vaqtdan beri pul janjali boʻlgan edi.Avstraliya sudi uni ruhiy buzuqlik haqidagi himoya vajlarini inobatga olib, odam oʻldirishda aybdor deb topdi va uch yilga ozodlikdan mahrum qildi[10][11].1920-yil sentyabr oyida „SS Ceramic“ kemasida Britaniyaga qaytib keldi.U 1959-yil 17-sentyabrda Edinburgdagi ruhiy kasalxonada vafot etdi[12].U Seafield qabristoniga dafn etilgan (Leyt va Portobello oʻrtasida).2014-yil 3-sentabrda „Everton“ uning qabri joylashgan joyda yangi yodgorlik oʻrnatishga yordam berdi[13].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Everton"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Joyce, Michael. Football League Players' Records 1888–1939. Soccerdata, 2004 — 290 bet. ISBN 1-899468-63-3. 
  2. Youngʻs international stats Retrieved 27 August 2009
  3. „Alex Simpson Young (Sandy)“ (en). bluecorrespondent.co.uk.
  4. „Sandy Young“ (en). Evertonfc.com. 29-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  5. „Debut goalscorers — Football League“ (en). Tottenhamhotspur.com.
  6. „Tottenham Hotspur F.C A—Z of players“ (en). Tottenhamhotspur.com. 15-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  7. „Sandy Young“ (en). Bluemoon-mcfc.co.uk.
  8. „England 1-0 Scotland“ (en). scottishfa.co.uk.
  9. „Alexander Young“ (en). scottishfa.co.uk.
  10. „Brother Shoots Brother. Tongala Tragedy. Verdict of Manslaughter.“ (en). The Argus (Melbourne) (21-iyun 1916-yil).
  11. „The Australian Manslaughter Case. Verdict Against Well-known Footballer“ (en). London Hearts. The Scotsman (22-iyun 1916-yil).
  12. „The forgotten story of … Alex 'Sandy' Young“ (en). The Guardian (8-oktabr 2013-yil).
  13. „On this day tragic Everton FA Cup hero Alex ‘Sandy’ Young was born - his story is a remarkable one“ (en). Liverpool Echo (23-iyun 2019-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]