AleXa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AleXa
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Alexandra Christine Schneiderman
9-dekabr 1996
Fuqaroligi AQSh va Koreya Respublikasi
Janr K-pop
Faoliyat yillari 2016-hozirgacha

Alexandra Christine Schneiderman (talaffuzi: Aleksandra Kristin Shnayderman; 1996-yil 9-dekabrda tugʻilgan), AleXa nomi bilan tanilgan Janubiy Koreyada yashovchi amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa va aktrisa. Rising Legends realiti-shousining har ikki mavsumida ishtirok etgandan soʻng, AleXa 2018-yilda Zanybros 'ZB leybli bilan shartnoma tuzgan va u yerda taxminan ikki yarim yil davomida mashq qilgan. U 2019-yil oktyabr oyida K-pop qoʻshiqchisi sifatida debyut qilgan. 2022-yilda u NBC telekanalining Amerika qoʻshiq tanlovida „Wonderland“ qoʻshigʻi bilan oʻz vatani Oklahoma shtatini himoya qilgan va u yerda 710 ball bilan gʻolib chiqqan.[1]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AleXa Alexandra Christine Schneiderman 1996-yil 9-dekabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahrida tugʻilgan.[2] Otasi rus-amerikalik onasi esa Janubiy Koreyalik. AleXaning onasi besh yoshida amerikalik ota-onasi tomonidan Kyongi provinsiyasining Goyang shahridagi mehribonlik uyidan asrab olingan.[3] AleXa uch farzandning eng toʻngʻichi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Alex Christine nomi ostida u Soompi vebsayti tomonidan oʻtkazilgan Rising Legends onlayn tinglovida ishtirok etgan. Tanlov JYP Entertainment bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 2018-yilda AleXa Produce 48tanlovida ishtirok etgan va birinchi bosqichda 82-oʻrinni egallagan.[4]

2019-yilda, AleXa 19-oktyabrda „Bomb“ nomli debyut singl albomini chiqargan.[5] U Diablo rok guruhi bilan hamkorlikda 13-dekabrda qoʻshiqning rok versiyasini chiqargan.[6]

2022-yilda AleXa oʻzining uchinchi Tattoo nomli singl albomini ommaga havola qilgan.[7] 2022-yil 9-may kuni Amerika qoʻshiqlar tanlovida qatnashib gʻolib chiqqani eʼlon qilingan.[8]

2022-yil iyul oyida Alexa Amerika Qoʻshma Shtatlarida muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazgan.[9]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Peak Chart Albom
KOR

US Pop

US
World

[10]
"Bomb" 2019 7 Bomb
"A.I Trooper" 2020 Do or Die
"Do or Die" 23
"Villain" (빌런) Decoherence
"Revolution"
"Xtra" ReviveR
"Tattoo" 2022 Tattoo

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2022 Urban Myths Se-ri Film

Telekoʻrsatuvlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Year Title Role Note Mnb.
2018 Produce 48 Herself As Alex Christine [4]
2022 American Song Contest Representing Oklahoma [11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Terry. „The American Song Contest: Oklahoma’s AleXa wins the very first edition of the contest“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  2. „AleXa on Instagram“. Instagram (9-dekabr 2019-yil). — „Thank you so much for joining my birthday party!“. 2022-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-aprel 2020-yil.
  3. „[Interview AleXa: K-pop fan from Oklahoma now living dream as K-pop star“] (en). koreatimes (2022-yil 6-yanvar). 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
  4. 4,0 4,1 Herman, Tamar. „How Much Does It Cost To Debut A K-Pop Star? Zanybros CEO Discusses AleXa's Debut“. Forbes (2020-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
  5. Benjamin, Jeff. „AleXa Makes a 'Bomb' Top 10 Debut on World Digital Song Sales Chart“. Billboard (2019-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
  6. Herman, Tamar. „AleXa Teams up With Diablo for Rock Version of 'Bomb': Exclusive Premiere“. Billboard (2019-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 13-yanvar.
  7. Kang. „알렉사, 스페셜 싱글 '타투' 컴백 스케줄러 공개…'새로운 세계' 열린다“ (ko). Mydaily (28-dekabr 2021-yil). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2021-yil.
  8. Terry. „The American Song Contest: Oklahoma’s AleXa wins the very first edition of the contest“ (en-US). ESCUnited (2022-yil 9-may). Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  9. Lee. „알렉사, 美서 폭발적 인기...4개 지역 팬미팅 성료“ (ko). Star Today, Maeil Business News (25-iyul 2022-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  10. „Bomb“ (en). Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  11. „ʻAmerican Song Contest’ 2022: Meet the 56 participants for Season 1“ (en). Qaraldi: 22-mart 2022-yil.