Aldol kondensatlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aldol kondensatlanish, aldol kondensatsiya – ikki molekula aldegidning o‘zaro birikib, tarkibida aldegid va alkogol guruhi bo‘lgan moddalar, ya’ni aldollar hosil qilishi. Aldol kondensatlanish ilk bor 1872 yilda nemis kimyoga-ri A. Vyurs tomonidan kashf qilingan. Ketonlar ham Aldol kondensatlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Aldol kondensatlanish natijasida hosil bo‘ladigan aldegidspirtlar reaksiyaga juda tez kirishuvchan moddalar; o‘simlik to‘qimalarida bo‘ladigan ko‘pchilik ja-rayonlarni o‘rganishda ularning katta ahamiyati bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil