Aldar koʻsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aldar ko‘sadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search


Aldar ko‘sa – turkiy xalqlar ertaklaridagi to‘qima obraz. A. qozoq, o‘zbek, qirg‘iz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar satirik ertaklarida hayotiy ko‘lamda ta’riflanadi, tarixiy shaxs emas. A. K. an’anaviy, qad. obraz bo‘lib, urug‘, qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Ko‘sa atamasi ikki xil ma’noni: biri – oila, urug‘, qabila boshlig‘ini; ik-kinchisi – dahanida bir tuki yo‘q erkak kishini anglatadi. Aldar – ismi, ko‘sa – laqabi. A. K. ertaklarda asosan ijo-biy, ba’zan salbiy obraz sifatida namo-yon bo‘ladi. U o‘ta aqlli, tadbirkor, ayyor va ustomon. A. K. salbiy sifatga ega ob-razligi keyingi davr xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil