Aldar koʻsa va o'g'rilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aldar koʻsa va oʻgʻrilar
Asosiy maʼlumotlar
Janr Ertak, xalq ertagi
Muallif Xalq, xalq ogʻzaki ijodi
Orginal tili Turkiy tilLar
Aldar koʻsa va o'g'rilar Vikiomborda

Aldar koʻsa va oʻgʻrilaroʻzbek xalq ertagi boʻlib[1], bosh qahramoni Aldar koʻsadir. Aldar koʻsa — oʻzbek xalq ertaklarida uchraydigan qahramon. Turkiy xalqlar folkloridagi toʻqima obraz. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar maishiy-satirik ertaklarida tarixiy boʻlmagan shaxs hisoblanadi. Aldar koʻsa obrazi anʼanaviy, qadimiy obraz boʻlib, urugʻ va qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Koʻsa atamasi ikki xil maʼnoni: biri — oila, urugʻ, qabila boshligʻini; ikkinchisi — dahanida bir tuki yoʻq erkak kishini anglatadi. Aldar — ismi, koʻsa — laqabi. Aldar koʻsa ertaklarda asosan ijobiy, baʼzan salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi. Aldar koʻsaning oʻta aqllilik, tadbirkorlik, ayyorlik va uddaburonlik xislatlari mashhur[2]. Aldar koʻsa obrazi haqida multfilimlar mavjud[3][4].

Ertak syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir kuni Aldar koʻsa sayohatdan qaytayotib, qishlogʻiga yaqin yetar yolda oʻgʻrilarni uchratadi. Aldar koʻsa bitta oʻq uzib yetti kishini joyidan tura olmaydigan qilib qoʻyadi. Oʻgʻrilar ortib ketayotgan yuklar ortilgan otlarni olib Aldar koʻsa uyiga qaytadi. Uyiga kelgan Aldar koʻsa xotinining diydiyolariga duch keladi. Xotini Aldar koʻsaga kechasi uyiga oʻgrilar tushganini, uydagi hamma narsani oʻgʻrilab ketganlarini aytib beradi. Xafa boʻlgan Aldar koʻsa otlarda keltirgan yuklarini tushirgan vaqtida xotinining kulgisini eshitib hayron qoladi. Shunda xotini Aldar koʻsa tushirayotgan narsalar uydan oʻgʻirlangan narsalar ekanligini eshitib qoladi va kayfiyati koʻtarildi[5].

Ertakning tarbiyaviy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ertakning tarbiyaviy ahamiyati uddaburonlik, chaqqonlik, ayyorlik kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat. Aldar koʻsa oʻzining ishbilarmonligi va hozirjavobligi tufayli oʻz bisotini qaytarib olishga muvaffaq boʻladi. Shu oʻrinda „Oʻgʻrini qaroqchi urib ketdi“, „Oʻgʻri oʻgrini molini oʻgʻirlasa tangrining kulgisi keladi“[6] kabi iboralarini qoʻllash mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://milliycha.uz/kr/aldar-kosa/\ALDAR[sayt ishlamaydi] KOʻSA Admin 29.10.2021
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. http://multfilmlar.uz/216-aldar-kosa-uzbek-tilida-multfilm-1966-ozbek-tarjima-kino-hd.htmlc[sayt ishlamaydi]
  4. „Aldar kosa Multfilm“.
  5. https://skazkufentazu.ru/uz-bek-skie-na-rod-nye-skaz-ki/al-dar-ku-sa-i-vo-ry.html
  6. Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov. (o'zbek tili) Toshkent: . O'zbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1990 — 524 bet.