Aldar koʻsa
Aldar koʻsa — turkiy xalqlar ertaklaridagi toʻqima obraz. A. qozoq, oʻzbek, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar satirik ertaklarida hayotiy koʻlamda taʼriflanadi, tarixiy shaxs emas. A. K. anʼanaviy, qad. obraz boʻlib, urugʻ, qabilachilik davrida yuzaga kelgan. Koʻsa atamasi ikki xil maʼnoni: biri — oila, urugʻ, qabila boshligʻini; ik-kinchisi — dahanida bir tuki yoʻq erkak kishini anglatadi. Aldar — ismi, koʻsa — laqabi. A. K. ertaklarda asosan ijo-biy, baʼzan salbiy obraz sifatida namo-yon boʻladi. U oʻta aqlli, tadbirkor, ayyor va ustomon. A. K. salbiy sifatga ega ob-razligi keyingi davr xalq ogʻzaki ijodi namunalariga xos.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |