Aldan togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish


Aldan togʻligiSharqiy Sibirdagi togʻlik, Saxa (Yakutiya)ning jan,da. Stanovoy tizmasidan shim.roqda, Olyokma va Uchur daryolari oraligʻida, oʻrtacha bal. 800–1000 m boʻlgan yassi qirlar koʻp, ularning orasidan bal. 1400–2000 m keladigan ayrim-ayrim togʻ tizmalari (maksimal bal. 2306 m) kutarilib turadi. Asosan arxey va pro-terozoy gneyslari va kristalli sla-neslardan tuzilgan. 1100–1300 m ba-landlikkacha qaragʻaytilogʻoch oʻrmonlari va togʻ tilogʻoch taygasi, undan yuqorida kedr chakalaklari uchraydi. Yalangoch togʻ tepalari toshloq tundra. Temir rudasi, toshkoʻmir, slyuda, oltin konlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil