Alcis jubata
| Alcis jubata | |
|---|---|
|
| |
| Ilmiy tasniflash | |
| Olam: | Eukariotlar |
| Tip: | Boʻgʻimoyoqlilar |
| Sinf: | Hasharotlar |
| Oila: | Odimchilar |
Alcis jubata – Geometridae oilasiga mansub kuya turi. Ushbu tur 1788-yilda Carl Peter Thunberg tomonidan tavsiflangan. Alcis jubata Markaziy Yevropa, Skandinaviya va Shimoliy Italiyada uchraydi. Shuningdek, Palearktika boʻylab Altay, Sayan, Zabaykalyasi, Mongoliya, Amur va Primorye hududlarigacha tarqalgan. A. j. melanonota nomli kenja turi 1930-yilda Prout tomonidan tavsiflangan boʻlib, Saxalin, Kuril orollari va Yaponiyada uchraydi.
Qanot kengligi 28–33 mm. Erkak va urgʻochi kayalarning oldingi qanotlari oqishdan kulrang-yashil tusgacha boʻlishi mumkin. Ichki va tashqi chiziqlar toʻlqinsimon va baʼzan notekis, markaziy chiziq esa faqat qora dogʻlar bilan ajralib turadi. Tashqi chiziq oldida qora nuqta va qora dogʻ aniq koʻrinadi. Postdiskal sohada qoʻshimcha dogʻlar uchraydi. Baʼzan oldingi qanotning old qismida subterminal chiziq koʻrinadi. Chekka chiziq oldingi va orqa qanotlarda odatda mavjud. Orqa qanotda aniq chiziq va diskal dogʻ boʻladi. Old va orqa qanotlar quyuq chang bilan qoplangan boʻlib, ayrim namunalar juda toʻq rangli koʻrinadi[1][2][3].
Lichinkalar Usnea barbata kabi lishayniklar bilan oziqlanadi[4].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alcis jubata jubata
- Alcis jubata melanonota (Prout, 1930)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Walter Forster, Theodor A. Wohlfahrt: Die Schmetterlinge Mitteleuropas. Band 5: Spanner. (Geometridae). Franckh’sche Verlagshandlung, Stuttgart 1981, ISBN 3-440-04951-5.
- ↑ Patrice Leraut: Geometrid moths. In: Moths of Europe. 1. Auflage. Band 2. NAP Editions, 2009, ISBN 978-2-913688-09-4 in English
- ↑ ,Bernd Müller,Sven Erlacher,,Axel Hausmann, Hossein Rajaei, Pasi Sihvonen and Peder Skou, 2019In: Axel Hausmann (Hrsg.):, 2019 The Geometrid Moths of Europe. 1. Auflage. Volume 6 Ennominae II(Boarmiini, Gnophini, additions to previous volumes), Stenstrup 2015, 978-90-04-38748-5
- ↑ HOSTS database, National History Museum, London. Retrieved 2024
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Wikimedia Commonsda Alcis jubata mavzusiga oid fayllar bor. |
- Kimber, Ian „70.266 BF1942 Dotted Carpet Alcis jubata (Thunberg, 1788)“. UKMoths. Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
- Fauna Europaea
- Lepiforum e. V.
| Boarmiiniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |