Albuminlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albuminlar (lot. albumen – tuxum oqsili) – hayvon va oʻsimlik toʻqimalari tarkibiga kiradigan oddiy oqsillar; tuxum oqi, qrn zardobi, sut, oʻsimliklar urugʻida boʻladi. A. past mo-lekulyar ogʻirlikka ega; suvda, kuchsiz tuz eritmalarida eriydi, neytral tuzlarning yuqori konsentratsiyasida choʻkadi. A. uchraydigan joyiga qarab zar-dob A.i, 372tuxum A.i, sut A. i deb ataladi. Zardob Albuminlar qon tarkibidagi oqsillarning yar-midan koʻpini tashkil etadi. Qonda bir qator moddalar: erkin yogʻ kislotalarni, steroid va tireoid gormonlarni tashishda, zaharli moddalar, mas, ogʻir metallarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi. A. toʻqimalarda suv-tuz va azot alma-shinuvida muhim rol uynaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil