Afonso de Albuquerque

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Albukerki Afonsu D’dan yoʻnaltirildi)

ALBUKERKI (A1iyaiyegyaiye) Afonsu d’ (1453, Aleksandriya, Lissabon yaqinida — 1515.15.12, Arabiston dengi-zi, Goa yaqinida) — portugaliyalik istilochi, Hindiston vitse-qiroli (1510-15). Ost-Indiyadagi Portugaliya mustamlaka imperiyasi asoschisi. 1503-yil Kochin shahrida portugal flotiliyasiga qoʻmondon boʻlib, fort qurgan. 1506-yil Tristan da Kunyaning ekspeditsiyasida qatnashgan, uning ixtiyorida ekspeditsiyadagi 16 kemadan 5 tasi boʻlgan. 1507-yil Fors qoʻltigʻidagi Hoʻrmuzki bosib olgan, biroq uni qoʻlda tutib tura olmagan. 1510-yil Goani egallab olib, uni portugaliyaliklarning Sharkdagi istilolarining tayanch punktiga aylantirgan. Dengiz savdo yoʻllarini nazorat qilish uchun 1511-yil Malakkani bosib olgan. A. portugaliyaliklarning Malabar sohillari, Seylon orol, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qilgan dastlabki ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan. 1513-yil Adanni egallashga uringan, 1515-yil Hoʻrmuzni 2-marta bosib olgan.