Kontent qismiga oʻtish

Albracca

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Albracca (shuningdek, Albraca va Albrace deb ham yoziladi) Matteo Maria Boiardoning[1]Orlando innamorato“ va Ludovico Ariostoning[2]Orlando furioso“ nomli italyan romantik dostonlarida Katay mamlakatining yirik shahri sifatida tasvirlangan. Hikoyada bu devor bilan oʻralgan shahar va qal’a boʻlib, unda Anjelika hamda u doʻstlashgan ritsarlar Tartariya imperatori Agrican hujumiga qarshi turadi[3].

Olimlar Albraccani hozirgi Oʻzbekistondagi Buxoro shahri bilan bogʻlashadi. Bunga sabab, „Orlando innamorato“da tasvirlangan Agricanning Albraccani qamal qilishi 1220-yilda Chingizxon tomonidan Buxoroning qamal qilinishiga oʻxshashligidir[4].

  • Boiardo: Orlando innamorato ed. Giuseppe Anceschi (Garzanti,1978)
  • Boiardo: Orlando innamorato, verse translation by Charles Stanley Ross (Oxford University Press, 1995), Book I, Cantos 10-19 and Explanatory Notes, pp. 401-402. ISBN 0-19-282438-4
  • Ariosto:Orlando Furioso, verse translation by Barbara Reynolds in two volumes (Penguin Classics, 1975). Part one, ISBN 0-14-044311-8; part two, ISBN 0-14-044310-X
  • Ariosto: Orlando Furioso ed. Marcello Turchi (Garzanti, 1974)
  1. First mentioned in Book I, Canto VI, stanza 42.
  2. First mentioned in Canto I, stanza 75.
  3. Orlando innamorato, Book I, Canto X, stanzas 36-42.
  4. Orlando Innamorato translated by Charles Stanley Ross, Parlor Press LLC, 2004, p. 593.