Albaniya 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida
| Albaniya 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida | |
|---|---|
|
Albaniya bayrogʻi | |
| XOK kodi | ALB |
| MOQ | Albaniya Milliy Olimpiya qo‘mitasi |
| Veb sayt | nocalbania.org.al (albancha) |
| Janubiy Koreya, Pyeongchang tumani 9–25 Fevral 2018-yilgi | |
| Sportchilar | 2 (1 erkak and 1 ayol) 1 sport turi boʻyicha |
| Bayroqdor | Suela Mëhilli |
| Medallar |
|
Albaniya 2018-yil 9–25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pyeongchang tumanida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari musobaqalarida ishtirok etdi. Pyeongchangdagi ishtirok mamlakatning 2006-yildagi debyutidan buyon Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi toʻrtinchi qatnashuvi boʻldi. Mamlakat delegatsiyasi tog‘ chang‘i sporti boʻyicha ikki nafar sportchi – Erjon Tola va Suela Mëhillidan iborat edi. Aslida esa mamlakat uch yoki toʻrt nafar sportchidan iborat delegatsiya bilan qatnashishni maqsad qilgan edi.
Suela Mëhilli dastlab ayollar oʻrtasidagi giant slalom musobaqasida ishtirok etib, 53-oʻrinni egalladi, biroq keyinchalik ayollar slalom bahsida masofani yakunlay olmadi. Ikki kun oʻtib, Erjon Tola erkaklar oʻrtasidagi giant slalom musobaqasida qatnashib, 47-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng u erkaklar slalom bahsida 36-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shunday qilib, Albaniya hanuzgacha Qishki Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kirita olmagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari 9–25-fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pyeongchang tumanida boʻlib oʻtdi[1]. Ushbu musobaqa mamlakatning 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari debyutidan buyon Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi toʻrtinchi ishtiroki boʻldi. Mamlakat Qishki Olimpiada oʻyinlarida hozirga qadar hech qachon medal qoʻlga kiritmagan boʻlib, uning eng yaxshi natijasi tog‘ chang‘i sporti boʻyicha sportchi Erjon Tola tomonidan 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkaklar giant slalom bahsida 35-oʻrinni egallash orqali qayd etilgan[2].
Delegatsiya va marosimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinlar oldidan uch nafar sportchi – Erjon Tola, Suela Mëhilli va Marsel Biçoku – 2018-yilgi Qishki oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Olimpiada stipendiyalarini oldi. Albaniya Milliy Olimpiada Qo‘mitasi Qishki oʻyinlar uchun delegatsiya uch yoki toʻrt nafar sportchidan iborat boʻlishini maqsad qilgan edi va bu mamlakat tarixidagi eng yirik Qishki Olimpiada delegatsiyasi boʻlishi taʼkidlangan. Tola mamlakat debyutidan buyon uni doimiy ravishda himoya qilib kelgan boʻlsa, Mëhilli avvalgi oʻyinlarda ham qatnashgan edi[3]. Yakuniy delegatsiya ikki nafar sportchi – Tola va Mëhilli hamda ularning murabbiyi Marko Teronidan iborat boʻldi[4]. Mamlakatda changʻi boʻyicha yetarli darajadagi mashgʻulot infratuzilmasi mavjud boʻlmagani sababli, ular tayyorgarlikni Italiyada olib bordilar[5].
Albaniya delegatsiyasi 2018-yilgi Qishki Olimpiada ochilish marosimidagi Millatlar paradi davomida ishtirok etgan 91 ta Milliy Olimpiada qoʻmitalari orasida 48-oʻrinni egalladi[6]. Suela Mëhilli parad davomida delegatsiya bayrogʻini yakka oʻzi koʻtardi[7]. Yopilish marosimida ham bayroqni aynan u koʻtardi[8].
Togʻ changʻi sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albaniya tog‘ chang‘i sporti boʻyicha ikki nafar sportchini – bir erkak va bir ayol sportchini – saralab oldi[9].
Tog‘ chang‘i sporti musobaqalari Yongpyongda oʻtkazildi. Suela Mëhilli mamlakat nomidan birinchi boʻlib 15-fevral kuni ayollar oʻrtasidagi giant slalom bahsida ishtirok etdi. Uning birinchi urinish vaqti 1:24.67, ikkinchi urinish vaqti esa 1:21.90 boʻldi. Umumiy 2:46.57 natija bilan u ushbu yoʻnalishda 53-oʻrinni egalladi, gʻolib esa 2:20.02 umumiy vaqt bilan AQSH vakili Mikaela Shiffrin boʻldi[10]. Keyingi kuni u ayollar slalom musobaqasida ham qatnashdi, biroq birinchi urinishni yakunlay olmadi va shu sababli ikkinchi urinishda ishtirok etmadi. Ushbu bahsda 1:38.63 natija bilan Shvetsiya vakili Frida Hansdotter gʻolib boʻldi[11].
Ikki kun oʻtib, Erjon Tola erkaklar oʻrtasidagi giant slalom musobaqasida ishtirok etdi. Uning birinchi urinish vaqti 1:16.86, ikkinchi urinish vaqti esa 1:16.77 boʻldi. Umumiy 2:33.63 natija bilan u 47-oʻrinni egalladi, musobaqada esa 2:18.04 umumiy vaqt bilan Avstriya vakili Marcel Hirscher gʻolib boʻldi[12]. Shundan soʻng u 22-fevral kuni erkaklar slalom bahsida qatnashib, birinchi urinishda 58.00 soniya, ikkinchi urinishda esa 59.06 soniya natija qayd etdi. Umumiy 1:57.06 vaqt bilan u 36-oʻrinni egalladi, gʻolib esa 1:38.99 umumiy natija bilan Shvetsiya vakili André Myhrer boʻldi[13].
| Sportchi | Musoqaba | 1-urinish | 2-urinish | Umumiy | |||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Vaqt | Oʻrin | Time | Oʻrin | Vaqt | Oʻrin | ||
| Erjon Tola | Erkaklar giant slalom | 1:16.86 | 54 | 1:16.77 | 49 | 2:33.63 | 47 |
| Erkaklar slalom | 58.00 | 45 | 59.06 | 35 | 1:57.06 | 36 | |
| Suela Mëhilli | Ayollar giant slalom | 1:24.67 | 60 | 1:21.90 | 54 | 2:46.57 | 53 |
| Ayollar slalom | Yakunlamadi | ||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „PyeongChang 2018“. International Olympic Committee. 2025-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Albania Overview“. Olympedia. 2025-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ Palmer, Dan „Albanian NOC backs three skiers in build-up to Pyeongchang 2018“. Inside the Games (2017-yil 1-yanvar). 2025-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Albania is represented by two skiers in Winter Olympics 2018“. Oculus News (2018-yil 10-fevral). 2018-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Two Italy-based skiers represent Albania at South Korea's Winter Olympics“. Tirana Times (2018-yil 6-fevral). 2025-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Opening Ceremony Flagbearers - Olympic Winter Games, PyeongChang 2018“. International Olympic Committee (2018-yil 9-fevral). 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ Dunphy, Mark „What every country wore to the 2018 Winter Olympics opening ceremony“. Boston.com (2018-yil 10-fevral). 2024-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Closing Ceremony Flagbearers - Olympic Winter Games, PyeongChang 2018“. International Olympic Committee. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Alpine Skiing Quota List for Olympic Games 2018“. International Ski Federation (2017-yil 12-dekabr). 2018-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
- ↑ „Giant Slalom, Women“. Olympedia. 2025-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Slalom, Women“. Olympedia. 2025-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Giant Slalom, Men“. Olympedia. 2025-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.
- ↑ „Slalom, Men“. Olympedia. 2025-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 17-iyun.