Alazani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Alazandan yoʻnaltirildi)

Alazani, Alazan — Gruziya va Ozarbayjondagi daryo (kisman ikkala respublika chegarasidan oqadi). Uzunligi 351 km, havzasining maydoni 10800 km². Katta Kavkazning janubiy yon bagʻridan boshlanib, togʻdan chiqqach keng Kaxetiya vodiysidan oqib Mingechaur suv omboriga quyiladi. Qor, yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 98 m³/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Vodiy yon bagʻirlarida tokzorlar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil