Alan Walker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alan Olav Uoker

2016-yilda Uoker
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-avgust 1997
Fuqaroligi Bergen, Norvegiya
Janr trap, elektro, elektropop, future bass
Faoliyat yillari 2012-hozirgacha
Veb-sayt alanwalker.com

Alan Olav Walker — (1997-yil 24-avgustda tugʻilgan) britaniyalik-norvegiyalik DJ, YouTuber va ovoz yozish prodyuseri, 14 mamlakatda platina sertifikatiga ega boʻlgan, ommaboplashib ketgan “Faded” (2015) qo’shig’i bilan tanilgan. Shuningdek uning YouTube’da “Sing Me to Sleep”, “Alone”, “Darkside” va “On My Way” kabi bir qancha qo‘shiqlari millionlab ko’rishlarni qo’lga kiritgan.

2017-yil boshida Walkerning kanali Norvegiyada roʻyxatga olingan eng koʻp obunachi toʻplagan YouTube kanali sifatida paydo boʻldi, 2022-yil iyun holatiga koʻra u 42 million obunachiga ega. Shuningdek, u norvegiyalik ijodkorlar orasida YouTube tarmogʻidagi koʻrishlar soni boʻyicha yuqori oʻrinlarda turadi va 2022-yil 10-iyun holatiga koʻra jami taxminan 11,5 milliard koʻrishlar soniga ega.


Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alan Olav Walker 1997-yil 24-avgustda Angliyaning Nortgempton shahrida ingliz-shotland britaniyalik Filip Alan Walker va uning norvegiyalik rafiqasi Hilde Omdal Walker oilasida tug'ilgan. Natijada, unga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning ikki fuqaroligi berildi.[1] [2] [3]

U o’zi tug’ilgan shaharda ya’ni Angliyada dunyoga kelgan Kamilla ismli katta opasi va Norvegiyada tug'ilgan Andreas ismli ukasi bilan katta bo'lgan. Ikki yoshida oilasi bilan Bergenga ko‘chib o‘tadi. Keyinchalik Uokerning kompyuterga bo’lgan qiziqishi ortdi. Grafik dizayn va zamonaviy musiqalar yasashni chuqurroq o’rgana boshladi. Dastlab unda musiqa yasash borasida hech qanday bilim yo’q edi. So’ng u YouTube darsliklarini tomosha qilish orqali o’rgandi.[4]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012–2016: Karyera boshlanishi va g’alaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Walker italiyalik DJ David Whistle (DJ Ness nomi bilan ham tanilgan) qo‘shig‘ini tinglayotgan edi va musiqasini qanday ishlab chiqarganini bilish uchun unga murojaat qildi. U o'z musiqasini FL Studio yordamida noutbukda yasay boshladi. 2012-yil iyul oyida internetdagi muxlislarining yordami va fikr-mulohazalari bilan u o'zining musiqiy prodyuserlik karyerasini davom ettirdi va asta-sekin o'z musiqasini YouTube va SoundCloud-ga joylashtira boshladi. 2014-yilda debyut qo’shig’ini chiqarishdan oldin DJ Walkzz nomi bilan tanilgan.

Uoker "Fade" trekini 2014-yil 17-avgustda chiqardi. Trek 2014-yil 19-noyabrda NoCopyrightSounds’da rekord yorlig‘i orqali chiqarilganidan so‘ng yanada ko’pchilikning e’tiborni tortdi. Walkerning ta'kidlashicha, trekning yaratilishida K-391 va Ahrix’dan ilhomlangan. Bu trek YouTube’da 400 milliondan ortiq ko‘rilgan, Spotify’da 115 million marta eshitilgan. Keyinchalik "Spectre" va "Force" treklari 2015-yilda paydo bo'ldi.[5][6]

Uoker Sony Music Sweden korporatsiyasi ostida MER Musikk bilan shartnoma tuzdi va o'zining navbatdagi "Faded” qo’shiqini "Fade" ning qayta ishlangan vokal versiyasini chiqardi. U 2015-yil 8-dekabrda chiqarildi hamda unda noma'lum pop qo'shiqchisi Iselin Solxaym ishtirok etdi. Qo’shiq Avstriya, Germaniya, Shveytsariya va Shvetsiya davlatlarida yil yakunlari boʻyicha chartlarda, 33 mamlakatda iTunes chartlarida birinchi oʻrinni egalladi, shuningdek, Spotify Global Chart-da top 10 talikka kirdi. YouTube’dagi musiqiy video 3,2 milliarddan ortiq ko‘rish va 25 million “layk”ga ega bo‘lib[7], qo’shiq eng ko‘p yoqtirilgan YouTube videolari 10 taligiga kiritildi. U Spotify’da 1,1 milliarddan ortiq eshitilgan hamda 2016-yilda eng ko‘p Shazam qilingan 10 ta trekdan biridir.[8]

Walker o'zining musiqiy karerasini davom ettirish uchun yanvar oyida o'rta maktabni tark etdi. 27-fevralda Walker Osloda boʻlib oʻtgan qishki X Games oʻyinlarida oʻzining debyutini oʻtkazdi. U yerda Iselin Solxaym bilan birgalikda “Faded” qoʻshigʻini va bundan tashqari 15 ta trekni ijro etdi[9][10]. Mart oyigacha Walker jami 30dan 40 tagacha qoʻshiqlar yaratdi, biroq “Faded” oʻzining birinchi Sony Music Sweden bilan yaratgan va bunday global muvaffaqiyatga erishgan, katta tezlikda ommalashib ketgan qo’shig’i boʻldi. 7-aprel kuni Walker Germaniyadagi Echo mukofotlari marosimida Zara Larsson bilan hamkorlik qildi. Ular birgalikda bir-birlarining “Faded” va “Never Forget You” qo‘shiqlarini ijro etishdi [11].

"Sing Me to Sleep" qo’shig’i 3-iyun kuni chiqdi, unda Iselin Solxaym ishtirok etdi, xuddi "Faded"dagi kabi. Qo'shiq 7 mamlakatda iTunes chartlarida birinchi o'rinni egalladi. Uning YouTube’dagi musiqiy videosi 671 milliondan ortiq ko‘rildi[12] va Spotify’da 250 million tinglandi. Oʻsha yilning 2-dekabrida “Alone” deb nomlangan yana bir qo’shig’ini taqdim etdi. Bu shved qoʻshiqchisi Nooni Baoni bilan hamkorlikda yaratildi. YouTube'dagi musiqiy video 1,2 milliarddan ortiq ko'rildi, trek Spotify'da ham 390 milliondan ortiq ijro etildi [13].

 Walkerning menejeri va qo’shiq matni muallifi Gunnar Greeve:
 “Bu Alanning uchinchi singli va Faded, Sing Me va Alone trilogiyasining yakuniy qismi.”[14]

21-22-dekabr kunlari Walker o'zining tug'ilgan shahri Bergendagi USF Verftet kafesida "Alan Walker is Heading Home" kontsertini o'tkazdi. U yerda Anjelina Jordan, Marius Samuelsen, Aleksandra Rotan, Yosef Volde-Mariam Uoker bilan birgalikda 16 ta qo'shiqlarni ijro etdi.[15] Konsert rasman YouTube’da jonli efirga uzatildi. U bir nechta nashr etilmagan treklarni, jumladan "Sing Me to Sleep" ning qayta ishlangan versiyasini hamda "Heading Home" qo'shig'ining premyerasi bo'ldi. Konsert davomida uning avvalgi “Spectre” trekining remaster(qayta ishlangan) qilingan versiyasi bo‘lgan “The Spectre” qo‘shig‘i ham ijro etildi.

23-dekabr kuni Walker ikki kun oldin Bergendagi kontsertida va "Walker Tour"dagi ba'zi kontsertlarida premyerasi bo'lgan "Rutine" qo’shig’i uchun videoni chiqardi. Qo’shiq Devid Whistle bilan hamkorlikda yaratilgan. Uning YouTube’dagi musiqiy videosi 66 milliondan ortiq ko‘rildi[16] va Spotify’da 47 million tinglandi.

2017–hozirgi kungacha: “Different World”, “World of Walker”, "Walkerverse The Tour" va boshqa loyihalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil boshida Walkerning YouTube kanali taxminan 4,5 million obunachidan oshib, Norvegiyada ro‘yxatdan o‘tgan eng ko‘p obuna bo‘lingan kanalga aylandi. 2022-yil iyun holatiga ko‘ra Norvegiyalik YouTuberlar orasida eng ko‘p ko‘rishlar soniga yetdi va bu ko’rsatkichni 2020-yildan buyon tushirmay kelmoqda.[17] Fevral va aprel oylari orasida u Amerika bo'ylab gastrollarda bo'ldi, jumladan Texasdagi Eyforiya festivalida qatnashdi.[18] 2019-yilda Alanning "Diamond Heart" klipi Berlin Music Video Awards marosimida "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominatsiyasini oldi.[19] Uning Ruben ishtirokidagi Heading Home uchun musiqiy videosi festivalning 2021-yilgi Silver Screenings tanlov ro'yxatida paydo bo'lgan.

2021-yil 26-noyabrda Alan Walker oʻzining “World of Walker” nomli ikkinchi studiyaviy albomini chiqardi, u 15 ta trekdan iborat boʻlib, asosan elektropop va EDMda yaratilgan.[20] 2022-yil Alan Walker o'zining "Walkerverse The Tour" deb nomlangan gastrol kansertlarini berdi.

Alan Walker bilan hamkorliklar va boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Alan Walker Republic Of Gamers bilan hamkorlikda Alan Walker x ROG Launch noutbukini chiqarishdi. Noutbuk klaviaturasida "A" va "W" harflariga Alan Walkerning logosi tushurilgan.

2021-yilda Alan Walker PUBG mobile bilan homiylik qildi va PUBG mobile o'yinida o'z kiyimini joriy qildi. Bundan oldin ham 2019-yil PUBG bilan homiylik qilgandi va o'z kliplarida PUBG ni ko'rganmiz.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alan Walker yuzini ochdi(Vlog)“.
  2. „Alan Walker’s life“. indipu.in. Qaraldi: 6-aprel, 2020-yil.
  3. „Top 100 DJs“. DJMag.com. Qaraldi: 23-aprel 2022-yil.
  4. „Alan Walker musiqalar yasashi haqida“. DJMag.com. Qaraldi: 9-iyun, 2022-yil.
  5. „Fade - Alan Walker“. YouTube.com. Qaraldi: 8-iyun,2022-yil.
  6. „Alan Walker tracks“. Spotify.com.
  7. „Alan Walker - Faded“. Youtube.com.
  8. „Alan Walker, 18 years old behind that “Faded” song“. Mashable.com.
  9. „Alan Walker at X Games“. YouTube.com. Qaraldi: 11-iyun,2022-yil.
  10. „Alan Walker X Games Oslo(2016)“. LiveTrack.com. Qaraldi: 11-iyun, 2022-yil.
  11. „Zara Larsson and Alan Walker(ECHO 2016)“. YouTube.com.
  12. „”Sing me to sleep” - Alan Walker“. YouTube.com. Qaraldi: 2016-yil.
  13. „Alone - Alan Walker“. youtube.com. Qaraldi: 11-iyun, 2022-yil.
  14. „The making of Alone - Alan Walker“. youtube.com. Qaraldi: 10-iyun, 2022-yil.
  15. {{Veb manbasi|url=http://www.livetracklist.com/alan-walker-is-heading-home-bergen-norway-2016/ | website=LiveTracklist.com | title=Alan Walker is Heading Home Bergen, Norway 2016 | accessdate=22-dekabr, 2016-yil| access-date=9-iyun, 2022-yil
  16. „Alan Walker x David Whistle - Routine“. YouTube.com. Qaraldi: 10-iyun, 2022-yil.
  17. „Most subscribed Norway YouTubers“. SocialBlade.com.
  18. „ALAN WALKER ANNOUNCES 2017 U.S. SHOWS - RCA Records“. RCArecords.com.
  19. „BERLIN MUSIC VIDEO AWARDS 2019 NOMINEES“. BerlinMVA. Qaraldi: 1-aprel, 2019-yil.
  20. „Alan Walker Releases His New Album 'World Of Walker' - RCA Records“. RCARecords. Qaraldi: 26-noyabr, 2021-yil.