Kontent qismiga oʻtish

Alan Ball

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alan Ball
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alan James Ball
Tavallud sanasi 12-may 1945-yil
Tavallud joyi Farnworth, Lancashire, Angliya
Vafot sanasi 25-aprel 2007-yil(2007-04-25)
(61 yoshda)
Vafot joyi Warsash, Hampshire, Angliya
Boʻyi 5 ft 6 in (1.68 m)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1960–1961 Bolton Wanderers
1961–1962 Blackpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1960–1961 Ashton United 7 (1)
1962–1966 Blackpool 116 (40)
1966–1971 Everton 208 (66)
1971–1976 Arsenal 177 (45)
1976Hellenic (ijara) 4 (?)
1976–1979 Southampton 132 (9)
1978Philadelphia Fury (ijara) 33 (5)
1979 Vancouver Whitecaps 31 (10)
1980–1981 Blackpool 30 (5)
1981–1982 Southampton 63 (2)
Milliy terma jamoa
1965–1975 Angliya 72 (8)
Boshqargan klublari
1978 Philadelphia Fury
1980–1981 Blackpool
1984–1989 Portsmouth
1989–1991 Stoke City
1991–1994 Exeter City
1994–1995 Southampton
1995–1996 Manchester City
1998–1999 Portsmouth
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alan James Ball (1945-yil 12-may - 2007-yil 25-aprel) - ingliz professional futbolchisi va menejeri. U 1966-yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan Angliya terma jamoasining eng yosh a'zosi bo'lgan. Alan turli klublarda yarim himoyachi sifatida o'ynagan va 22 yillik faoliyati davomida 180 dan ortiq liga go'llarini urishga muvaffaq bo'lgan. Alan 1971-yil oxirida "Everton"dan " Arsenal" ga o'sha paytdagi milliy rekord 220 000 funt sterlinga transfer qilingan. O'yinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan so'ng, u Portsmouth, Southampton va Manchester City kabi klublar bilan, Angliya futbolining eng yuqori ligasida qatnashgan murabbiy hisoblandi.

1972-yil mart(murabbiy va Ball)

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackpool[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ball Farnworthtda, Lancashireda, sobiq professional futbolchi va menejer, keyinchalik soliqchi bo'lgan (James) Alan Ball va uning rafiqasi Violet, oilasida tug'ilgan. Ball o'zining futbolchilik faoliyatini maktab o'quvchisi bo'lgan chog'idayoq, uning otasi boshqargan "Ashton United" jamoasida, Lancashire Combinationning shov-shuvli futbolchilari qatorida o'ynagan. U Wolverhampton Wanderers bilan shartnoma imzolagab, o'yin o'tkazgani sababli Farnvort Grammatika maktabi direktori bilan kelishmay qoladi. U Farnvort grammatikasini hech qanday malakasiz bitirdi.

U maktabni tugatgandan so'ng, "Bo'rilar" uni qabul qilmaslikka qaror qilishdi. Keyin u yarim himoyachi sifatida Bolton Wanderers bilan mashg'ulotlarni boshladi, ammo ular ham unga professional shartnoma bermaslikka qaror qilishdi, sababi uning qomati juda kichik ekanligi edi[1].

Ballning otasi u bilan birga o'ynagan eski do'sti (murabbiy) bilan gaplashadi va Blekpul Ball bilan shartnoma imzolaydi. Ball 1961-yil sentyabr oyida sinovdan o'tkazildi va darhol shogird sifatida ro'yxatdan o'tdi. U 1962-yil may oyida professionalga aylandi, 1962-yil 18-avgustda "Liverpool" ga qarshi "Enfild" da 2:1 hisobida g'alaba qozongan holda futbol ligasida debyut qildi. U 17 yoshu 98 kunligida Blackpoolning eng yosh liga debyutantiga aylandi[2]. 1964-yil 21-noyabrda Ball professional sifatidagi ilk xet-trikini Craven Cottageda “Fulham” ga qarshi o‘yinda (3:3) amalga oshirdi[2].

61 yoshli Ball 2007-yil 25-aprel kuni erta tongda Hook, Fareham shahridagi uyida[3] oʻz bogʻida gulxan yonishi natijasida boshlangan yongʻinni oʻchirishga urinayotganda yurak xurujidan vafot etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ball, Alan. Playing Extra Time. Sigwick and Jackson, 2004. ISBN 0-330-42742-3. 
  2. 2,0 2,1 Gillatt, Peter. Blackpool FC on This Day: History, Facts and Figures from Every Day of the Year. Pitch Publishing Ltd, 30 November 2009. ISBN 978-1-905411-50-4. 
  3. „"The most wonderful man I have known" – Alan Ball's heartbroken partner speaks of her grief for footballing legend“. Southern Daily Echo (2007-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.