Alajaxyoyuk
Alajaxyoyuk — Boʻgʻozkoʻy qishlogʻidan (Markaziy Anadolu, Tur-kiya) shim. roqdagi tepalik. Arxeologik qatlamlar topilgan (mil. av. 4-3- ming yillik — mil. av. 7-6-asrlar). Ilk jez davri (mil. av. 3-ming yillik)ga oid nihoyatda boy nekropol ochilgan. Undan qimmatbaho idishlar, qurol-yarogʻ, marosim buyumlari, bezaklar hamda xettlar davriga oid mahobatli mudofaa devori qoldiqlari topilgan, devordagi darvo-zalarga sfinkslar shakli tushirilgan. Tepalikda ibodatxona va boshqa meʼmoriy inshootlar harobalari ham saqlangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |