Al-jabr val-muqobala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-jabr val-Muqobaladan yoʻnaltirildi)
Kitobning birinchi sahifasi
Ikki kvadrat tenglamaning geometrik yechimlari ko'rsatilgan kitobning 14-asr arabcha nusxasi sahifalari

"Al-jabr val-Muqobala" (arab.) — Sharqda (keyinchalik Gʻarbda ham) mashhur matematik risola. Al-Xorazmiy yozib qoldirgan ilmiy yod-gorlik. Asarda ikkinchi darajali va chiziqli tenglamalar tasnifi, ular-ni yechish yoʻllari berilgan, geometrik va algebraik munosabatlar orasida-gi bogʻlanishlar bayon etilgan, umumiy qoidalar ifodalangan. Asarda meros taqsimlashga oid boʻlim ham bor. Asli-da arab tilida yozilgan. Kitob nomidagi "al-jabr" soʻzidan "algebra" soʻzi kelib chiqqan. "Aljabr" soʻzi Yevropaga gʻarbiy arablar orqali oʻtgan. Gʻarbiy arablar "j" ni "g" deb talaffuz qiladilar. Shu yoʻsinda "aljabr" Yevropada va keyincha-lik yer yuzining hamma joyida "algebra" deb yuritiladigan boʻldi. Uning 1342-yil koʻchirilgan arab tilidagi nusxasi Oksford universiteti kutubxonasi (Angliya) da saqlanmoqda. Asarning 12- a.da lotin-chaga tarjima qilingan ikki nusxasi: R. 315Chester tarjimasi va K. Gerard tarjima-si mavjud. Keyingi tarjima 1838-yilda Parijda nashr etilgan. Arabcha asl nus-xasini 1831-yil Londonda F. Rozen chop qilgan. Yu. Rushka nemis tiliga, A. Marr fransuz tiliga tarjima qilishgan. R. Chesterning lotincha tarjimasi bilan in-glizcha tarjimasi 1915-yil Nyu-Yorqda qoʻshib nashr etildi. Asarning geom.ga oid qismini 193-yil Berlinda S. Gands e’lon qildi. Asar 1964-yil Toshkentda rus tilida, 1983-yil tanlangan asarlar orasi-da rus va oʻzbek tillarida nashr qilingan.Ad.: Ahadova M., Oʻrta osiyolik mashgʻur olimlar va ularning matemati-kaga doir ishlari, T., 1983.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil