Al-Azhar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-azhardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Al-Azhar (al-Jomi al-Azharning qisqa nomi) — Qohiradagi jome masjid, universitet, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini o‘z ichiga olgan yirik rasmiy diniy muassasa. Masjid 970—972 y.lari fotimiy xalifa al-Muizz amriga binoan Qohira shahri bilan barobar qurilgan. Uning tarkibidagi Madrasa (996) 11-asrdan boshlab Qur’on, hadis, fiqh, til hamda balog‘at fanlari o‘qitiladigan universitetga aylandi. 14—15-asrlarda unga yana bir necha yangi qurilgan madrasalar ko‘shiddi. 18-asrda A. eng mo‘’tabar umum-musulmon fan va ta’lim maskani sifa-tida shuhrat qozondi. 19-asr boshida A. ulamolari Napoleon Bonapart isti-lo-siga qarshi xalq harakatiga boshchilik qildilar. 19-asr oxiri — 20-asrboshida A. Abdu Muhammad boshliq islohot taraf-dorlari b-n konservatorlar o‘rtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1961 y. "al-Azharni rivojlantirish haqida" qonun qabul qilingach, vazirlik maqomi be-rilgan. A. diniy muassasasiga rahbar — Shayxul Azharni Misr Prezidenti tayinlaydigan bo‘ldi. Ushbu konunga ko‘ra A. untida qator dunyoviy f-tlar, jumladan, idora ishlari va savdo, po-litexnika, q.x., tibbiyot, ped. va xotin-qizlar f-tlari ochildi. A. huzurida 50 yirik ulamodan tashkil topgan (shular-dan 30 nafari misrlik va 20 nafari xorijiy ulamolar) islom tadqiqotlari Akademiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. A. kutubxonasida 20 mingdan ziyod qo‘lyozmalar jamg‘armasi mavjud. "Majallat al-Azhar" jurnalini nashr etadi. A. universitetining f-tlariga shu muassasa tarkibiga kiruvchi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus bilim yurtlarini muvaffaqiyatli tugatgan tolibi ilmlar qabul qilinadi. O‘rta ta’lim yurti (maohid i’dodiya)da o‘qish muddati — 4 y., maxsus ta’lim (maohid sonaviya)da esa — 5 y. A. universitetining turli bosqichlarida 108,5 mingdan ortiqtalaba tahsil oladi. Taniqli ulamolar Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon va Shamsiddinxon Boboxonovlar, Abdug‘ani Abdullayev, Yusufxon Shokirov, qoraqalpog‘istonlik diniy arbob Rahmatulla Idrisov, arabshunos olim Shoikrom Shoislomov va b. A.da tahsil ko‘rganlar[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil