Al-Qibliy masjidi
| Masjid | |
![]() | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Ar-Riyod |
| Yoʻnalishi | sunniy |
| Meʼmoriy uslub | Najd meʼmorchiligi |
| Binokorlik sanasi | taxminan 1689-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar balandligi | 6 m |
Al-Qibliy masjidi (arabcha: مسجد القبلي) – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, Manfuha mahallasidagi tarixiy masjid[1]. Taxminan 1689-yillarda barpo etilgan, ar-Riyoddagi eng qadimiy masjidlardan biri. Bino 1945-yildan 1993-yilgacha bir necha marta restavratsiya qilingan va qayta qurilgan, eng soʻnggi taʼmirlash 2022–2024-yillarda Shahzoda Muhammad ibn Salmonning Tarixiy masjidlarni rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichida amalga oshirilgan. Maydoni deyarli 804 kvadrat metr boʻlgan ushbu masjid bir vaqtning oʻzida 440 namozxonni sigʻdira oladi. Najdiy meʼmorchilik uslubida qurilgan.
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1689-yilda[2] Dahham ibn Davvosning otasi Davvos ibn Abdulloh Manfuha shahrini boshqargan davrda qurilgan. Bino anʼanaviy Najd meʼmorchilgi uslubida barpo etilgan va shaharning sobiq hukmron saroyiga yaqin joyda joylashgan[3][4].
1945-yilda masjid qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud[5] tomonidan qayta tiklangan, ichki qismidagi namoz oʻqiladigan joy shimoldan janubga 120 kvadrat metrga kengaytirilgan. Masjid 33 ta ustunli qilib yaratilgan. Keyinchalik bu yerda kichik restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. 1993-yilda masjid poydevori mustahkamlanib, kapital taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2022-yilda Shahzoda Muhammad ibn Salmonning Tarixiy masjidlarni rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichida restavratsiya qilish roʻyxatiga kiritilgan[6][7][8][9][10]. Maydoni deyarli 804 kvadrat metr[11]. Bino balandligi 6 metrga yetgan toʻrtburchak minoralarni oʻz ichiga oladi[12].
Shayx Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Mahmud, Shayx Saʼd ibn Anbar, Shayx Muhammad ibn Hamid, Shayx Abdulaziz ash-Shuaybiy, Shayx Umar ibn Xalifa va 1966-yilda vafot etgan Shayx Umar ibn Mahmud kabi taniqli kishilar masjidda imomlik qilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ḥuqayl, ʻAbd al-Karīm ibn Ḥamad ibn Ibrāhīm. معجم المؤرخين السعوديين (ar). ع.الك.ب.ح.ب.ا. الحقيل،, 2001. ISBN 978-9960-39-047-5.
- ↑ „مسجد القبلي“ (ar). سعوديبيديا (2023-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „شاهد روعة مسجد القبلي بـ"منفوحة الرياض" الذي أعيد بناؤه بالمواد الطبيعية“ (ar). العربية (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ الهادي. „إعادة بناء مسجد القبلي بالمواد الطبيعية على الطراز النجدي“ (ar). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „شاهد روعة مسجد القبلي بـ"منفوحة الرياض" الذي أعيد بناؤه بالمواد الطبيعية“ (2023-yil 14-sentyabr). 2023-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „Six mosques in Riyadh region earmarked for restoration as part of development project“ (en). Arab News. Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ «عكاظ» (جدة). „مشروع الأمير محمد بن سلمان يؤهل ويرمم 6 مساجد تاريخية في منطقة الرياض“ (Arabic). Okaz (2022-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ واس. „إعادة بناء مسجد القبلي بالمواد الطبيعية على الطراز النجدي“ (ar). صحيفة سبق الالكترونية (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ واس. „"مشروع الأمير محمد بن سلمان" يعيد بناء مسجد القبلي بـ"منفوحة الرياض" بالمواد الطبيعية على الطراز النجدي“ (ar). صحيفة سبق الالكترونية (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „Renovation project maintains old architectural features of Riyadh mosques“ (English). Saudigazette (2022-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ الوطن. „إعادة بناء مسجد القبلي بالمواد الطبيعية على الطراز النجدي“ (Arabic). Watanksa (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „«المسجد القبلي»... إرث عمره 350 عاماً وسط الرياض“ (ar). aawsat.com. Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
