Al-Qasr masjidi
| Masjid | |
| Mamlakat | |
| Shahar | Tunis |
| Koordinatalar | 36°47′43″N 10°10′11″E / 36.79528°N 10.16972°E |
| Yoʻnalishi | sunniylik |
| Asosiy sana: 12-asr | |
Al-Qasr masjidi yoki Jome Al-Qasr (arabcha: جامع القصر), Hanafiy mazhabiga mansub boʻlgan musulmonlar uchun xizmat qiluvchi bu masjid Tunisning poytaxti Tunis shahrida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Dar Husayn (Bob Menara) roʻparasida joylashgan boʻlib, 12-asr boshlarida qurilgan[1]. Masjid dastlab 1106-yilda, ayni shu davrda Tunisni boshqargan Banu Xurosonning rahbari Ahmad ibn Abdulaziz tomonidan qurilgan. Masjid yaqinida qasr ham barpo etilgan[2].
Taxminan 1598-yilda masjid Usmonli bosqinchilari tomonidan Hanafiy huquqiy maktabiga biriktirilgan[manba kerak]. Masjid tashkil etilganidan buyon koʻp marta qayta tiklangan. Uning minorasi 17-asrda qurilgan[3].
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidda bir necha marotaba qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilgan. Minora 1647-1648-yillarda[4] qayta qurilib, mavriy uslubda sirlangan marmar va terrakota bilan bezatilgan, sharqiy fasadi esa Fotimiylar uslubida ziynatlangan.
Masjidga kirish yopiq yoʻlak ostidagi eshik orqali amalga oshiriladi. Bu eshik namoz zalidan teparoqda joylashgan hovliga ochiladi. Hovli atrofi ustunlar va kapitellar bilan bezatilgan ayvon bilan oʻralgan. Turk namoz zali ham xuddi shunday boʻlib, uning tepasida qadimiy ustunlar va kapitellarga tayanuvchi ravoqlar mavjud. Zalning orqa qismida ajoyib oʻlchamdagi mehrob joylashgan. U yarim doira shaklida boʻlib, pilyastralar bilan ajratilgan yettita tokchadan iborat[5]. Mehrobning tepasida Fotimiylar uslubida yasalgan qirrali yarim gumbaz oʻrnatilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Qasr masjidi, 1913-yil
- Al-Qasr masjidining mehrobi
- Al-Qasr masjidi fasadi
- Al-Qasr masjidining minorasi
- Masjid arkalari
- Devor bezaklari
- Minora ustidagi yozuv lavhasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lieux de culte Municipalité de Tunis“ (fr). Government of Tunis. 2009-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-iyul.
- ↑ Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700-1800 (en). Yale University Press, 2020 — 88-bet. ISBN 9780300218701.
- ↑ Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700-1800 (en). Yale University Press, 2020 — 88-bet. ISBN 9780300218701.
- ↑ „Mosquée al-Qasr“ (fr). qantara-med.org. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
- ↑ „Mosquée al-Qasr“ (fr). qantara-med.org. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-yanvar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mohamed Masmoudi et Jamila Binous, Tunis. La ville et les monuments, Tunis, Cérès Productions, 1980, p. 80–81