Al-Qarn jangi
| Al-Qarn jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
| Umaviylar xalifaligi | Berber isyonchilari
| ||||||
Al-Qarn jangi – Umaviylar xalifaligining Ifriqya viloyati hokimi Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy va sufriy berber isyonchilari yetakchisi Oqasha ibn Ayub al-Fazoriy oʻrtasida kechgan jang. Qonli jangda Umaviylarning qoʻli baland kelgan, biroq ularning qoʻshini ham ogʻir talofatlar koʻrganligi bois chekinishga majbur boʻlgan.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashrof jangi va Baqdura jangida Umaviylar qoʻshinlari butunlay tor-mor qilindi. Bu xabarni eshitgan Umaviy xalifasi Hishom ibn Abdulmalik Hanzala ibn Safvon al-Kalbiyni Ifriqiyaning yangi noibi etib tayinladi. Koʻp oʻtmay, Oqashaning hujumga tayyorgarlik koʻrayotgani va gʻarb tomondan Abdulvohid ibn Yazid al-Havvoriy boshchiligidagi yana bir katta berber qoʻshini yetib kelayotgani maʼlum boʻldi[1][2]. Berber isyonchi qoʻshinlari Qayravon shahri yaqinida birlashib, shaharga yakuniy hal qiluvchi hujum uyushtirishni rejalashtirgan edi. Hanzala Abdulvohidning yurishini kechiktirib, avvalo Oqashaning yirik qoʻshini bilan toʻqnash kelishni xohladi[3][4]. U Abdulvohidning harakatini sekinlashtirish maqsadida unga qarshi otliq qoʻshinlarini yubordi va oʻz qoʻshinining asosiy qismini Oqashaga qarshi safarbar qildi[5]. Ular Qayravon yaqinidagi al-Qarn degan joyda toʻqnash keldilar. Jang oʻta shiddatli va ogʻir kechdi, har ikki tomon ham katta talafot koʻrdi. Nihoyat, Hanzala berber qoʻshinini tor-mor keltirib, askarlarning koʻpini qirib tashlashga muvaffaq boʻldi. Oqashaning oʻzi asir olinib, qatl qilindi. Abdulvohidning oldinroq Qayravonga yetib kelishidan xavfsiragan Hanzala esa shahar tomon chekinishga majbur boʻldi[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Nuwayri, Nihāyat al-arab fī funūn al-adab, Vol XXIV, p. 33
- ↑ Ibn 'Idhari, Kitāb al-bayān al-mughrib fī akhbār al-Andalus wa-al-Maghrib, Vol I, p.89
- ↑ Al-Nuwayri, p. 33
- ↑ Ibn 'Idhari, p. 89
- ↑ Ahmad ibn Khalid an-Nasiri, al-Istiqsa li-Akhbar duwal al-Maghrib al-Aqsa Vol I, p. 169
- ↑ Al-Nuwayri, p. 33