Al-Nabig'a

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Nabiyg'a- haqiqiy ismi Ziyod ibn Muoviya ( tax.535-604 ) islomgacha boʻlgan davrning soʻnggi arab shoirlaridan biri edi. "Al-Nabig'a" arabchada " daho yoki aqlli " degan ma'noni anglatadi.

Shoirning qabilasi Banu Dubyan nomi bilan tanilgan bo'lib, Makka yaqinidagi joylarga qarashli bo'lgan, lekin ushbu qabila ko'p vaqtlarini Hiro va Gʻasson kabi joylarda oʻtkazishar edilar. Hiro avval Mundhir III, keyin esa 562 yilda uning vorisi No'mon lll tomonidan boshqarilgan.

G‘asson saroyida musofir bo‘lgandan so‘ng, u No‘mon III qo‘l ostida bo'lgan Hiroga qaytib keladi.Lekin qirolicha haqida yozgan she'rlari tufayli u G'assonga ketishga majbur bo'ladi. Besh yil o'tib Nu'mon vafot etadi va Al-Nabiyg'a qabilasi bilan qaytib keladi.

Uning vafot etgan sanasi haligacha noma'lum, ammo islomdan oldin bo'lgan deya taxminlar bor. Uning she'rlarining bosh mavzusi maqtov va kinoyalardan iborat bo‘lib, Hiro va G‘asson, Banu Abs va Banu Zubyan nizosiga bag‘ishlangan. U islom davrigacha bo'lgan oltita mashhur shoirlardan biri hisoblanib, ularning sheʼrlari islomning II asr oʻrtalariga qadar toʻplangan va arab sheʼriyatining meʼyori hisoblangan; ba'zi yozuvchilar uni oltita shoirning birinchisi deb hisoblashadi. Bu shoirlar dostonlarga qiyoslashga arzigulik uzun she'rlar yozganlar, chunki ular Ka'ba devorlariga hamma hayratga tushishi va o'qishi uchun osilganidan beri Mu'allaqat deb nomlanadi.

Uning she’rlari Vilgelm Ahlvard tomonidan “Olti qadimiy arab shoiri devonlari” da va alohida X. Derenburg tomonidan tahrir qilingan.

Manbaalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Thatche, Griffithes Wheeler(1991).

"Nabiyg'a Dhuyani".Encyclopeadia Britannica.

vol.19(11th ed.) Cambridge University Press.p:147