Kontent qismiga oʻtish

Al-Muhallab ibn Abu Sufra

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Muhallab ibn Abu Sufra al-Azdiy

Arab–Sosoniylar uslubidagi kumush dirham Bishopurda al-Muhallab ibn Abu Sufra nomi bilan zarb qilingan, 694/695-yil
Zubayriylarning Pars viloyati hokimi
Mansab davri
685 – 686
Hukmdor Abdulloh ibn az-Zubayr (h. 683–692)
Zubayriylarning Mosul viloyati hokimi[a]
Hukmdor Abdulloh ibn az-Zubayr (h. 683–692)
Oʻtmishdoshi Ibrohim ibn al-Ashtar
Vorisi Ibrohim ibn al-Ashtar
Umaviylar xalifaligining Xuroson viloyati hokimi[b]
Hukmdor Abdulmalik ibn Marvon (h. 685–705)
Oʻtmishdoshi Umayya ibn Abdulloh ibn Xolid ibn Asid
Vorisi Yazid ibn al-Muhallab
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi tax. 632
Dibba al-Fujayra, Roshidun xalifaligi
(hozirgi BAA)
Vafoti 702
Marvirud, Umaviylar xalifaligi
Turmush oʻrtogʻi Xayra al-Qushayriyya
Bahla
Bolalari Abdulmalik
Habib
Marvon
Mudrik
Al-Mufaddal
Muhammad
Al-Mugʻira
Qabisa
Yazid
Ziyod
Abu Uyoyna
Hind
Ota-onasi Abu Sufra al-Azdiy

Abu Said al-Muhallab ibn Abu Sufra al-Azdiy (arabcha: أَبْو سَعِيْد ٱلْمُهَلَّب ابْن أَبِي صُفْرَة ٱلْأَزْدِي‎) (taxminan 632-yilda tugʻilgan – 702-yilda vafot etgan) – Azd qabilasidan boʻlgan arab sarkardasi. 640-yillarning oʻrtalaridan to vafotiga qadar Roshidun, Umaviy va Zubayriy xalifalari qoʻl ostida janglarda qatnashgan. Ketma-ket Pars (685–686), Mosul, Armaniston va Ozarbayjon (687–688) va Xuroson (698–702) viloyatlarida hokimlik qilgan. Muhallabiylar nomi bilan mashhur boʻlgan al-Muhallabning avlodlari oʻta nufuzli oilalardan biri boʻlib, ushbu oilaning koʻp aʼzolari Umaviy va Abbosiy xalifalari davrida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan, shuningdek, oʻsha davrning taniqli olimlari boʻlishgan.

Al-Muhallab taxminan 632-yilda tugʻilgan. Aksar manbalarga koʻra, uning otasi Abu Sufra Azd qabilasidan boʻlgan. IX asr tarixchisi Balozuriy uning nufuzli oilalardan biriga[3] mansub ekanini taʼkidlagan. Biroq IX asr tarixchisi Abu Ubaydaning soʻzlariga koʻra, Abu Sufra forslik toʻquvchi boʻlib, Ummonga koʻchib oʻtgan va Basraga joylashgan. Ushbu manbaga koʻra, u janglarda koʻrsatgan jasorati tufayli Azd qabilasi tomonidan shu qabila aʼzosi sifatida qabul qilingan[3]. Azd qabilasi Ummonda Islomdan oldingi davrlardan buyon hukmronlik qilgan va shu sababli Azd Ummon deb atalgan. Qabilaning bunday nomlanishiga sabab ularni gʻarbiy Arabistonda joylashgan Azd Sarat qabilasidan ajratib turish boʻlgan[4].

  1. Al-Muhallabning Mosuldagi hokimligi Jazira, Armaniston va Ozarbayjon hududlarini o‘z ichiga olgan.[1][2]
  2. Xuroson Hajjoj ibn Yusufning Iroqdagi hokimligiga biriktirilgan edi. Hajjaj al-Muhallabni Xuroson ustidan o‘zining noibi etib tayinlagan
  1. Crone 1993, s. 357.
  2. Fishbein 1990, ss. 110, 118.
  3. 3,0 3,1 Crone 1993.
  4. Strenziok 1960.
Oʻtmishdoshi:
Umayya ibn Abdulloh
Xuroson hokimi
697–702
Vorisi:
Yazid ibn al-Muhallab