Al-Muʼizz ibn Badis
| Al-Muʼizz ibn Badis | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Ziriylar amiri | |||||
| Saltanat | 1016-yil 13-may — 1062-yil 2-sentyabr | ||||
| Oʻtmishdoshi | Badis ibn al-Mansur | ||||
| Davomchisi | Tamim ibn al-Muʼizz | ||||
| Tugʻilishi |
1008-yil 19-yanvar Mansuriya, Tunis | ||||
| Vafoti |
1062-yil 2-sentyabr Mahdiya | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Ummu Yusuf Zulayxo | ||||
| Farzandlari |
Tamim ibn al-Muʼizz Nizor ibn al-Muʼizz (1047-yil yanvarda vafot etgan, merosxoʻr) Abdulloh ibn al-Muʼizz Ali ibn al-Muʼizz Umar ibn al-Muʼizz Hammad ibn al-Muʼizz Buluggin ibn al-Muʼizz Hamama ibn al-Muʼizz Al-Mansur ibn al-Muʼizz Kebbab ibn al-Muʼizz (chaqaloqligida vafot etgan) Abulqosim ibn al-Muʼizz (chaqaloqligida vafot etgan, Nizorning vafotidan keyin merosxoʻr boʻlgan)[1] | ||||
| |||||
| Sulola | Ziriylar | ||||
| Otasi | Badis ibn al-Mansur | ||||
Al-Muʼizz ibn Badis (arabcha: المعز بن باديس; 1008-yil 19-yanvar – 1062-yil 19-yanvar) - Ifriqiyadagi Ziriylar sulolasining 1016—1062-yillarda hukmronlik qilgan toʻrtinchi hukmdori. Balogʻat yoshiga yetgunga qadar ammasi Saida bintu Mansur regent vazifasini bajargan[2].
Ismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchi Ibn Xallikonning yozishicha, „al-Muʼizz“ uning laqabi boʻlgan, ammo al-Muʼizz ibn Badis holatida bu uning ismi boʻlishi mumkin[3]. Tarixchining maʼlum qilishicha, al-Muʼizzning boshqa ismi bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida turli kitoblarni qidirgan hamda Shimoliy Afrika olimlari bilan maslahatlashgan. Biroq uning boshqa hech qanday ismini aniqlay olmagan. Boshqa biror variant yoʻqligi sababli „al-Muizz“ uning ismi boʻlishi kerak, degan xulosaga kelgan[3].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Xallikonning maʼlumotlariga koʻra, al-Muʼizz ibn Badis 1008-yil 19-yanvarda (hijriy 398-yil 7-jumodilavval) Mansuriyada tugʻilgan[3]. Al-Muʼizz otasi Badis ibn Mansur vafot etgach, taxtga oʻtirganda hali voyaga yetmagan edi. Shu sababli unga ammasi Ummu Mallal vasiy boʻldi. Ibn Xallikonning yozishicha, al-Muʼizzning taxtga oʻtirish marosimi 1016-yil 3-mayda (hijriy 406-yil 3-zulhijja) Muhammadiyada boʻlib oʻtgan[3]. 1016-yil Ifriqiyada dahshatli qoʻzgʻolon sodir boʻlgan. Qoʻzgʻolon davomida Fotimiylarning Mansuriya nomli qarorgohi butunlay vayron etilib, 20 000 nafarga yaqin shialar qatl qilingan. Tartibsizliklar Jazoirning Hammadiylariga qarshi urushni toʻxtatishga majbur qilib, 1018-yilda ularning mustaqilligi tan olindi.
1024-yilning sentyabr-oktyabr oylarida al-Muʼizz ibn Badisning singlisi Ummu al-Ulu Hammad ibn Bulugginning oʻgʻli Abdullohga turmushga chiqqan. 1024-yilning 8—9-oktyabr kunlari dabdabali toʻy qilishgan[4]. Ummu al-Ulu 1053/1054-yilda (hijriy 445) vafot etgan[5].
Al-Muʼizz hijriy 423-yilda (1022-yil aprel/1023-yil mart) Ummu Yusuf Zulayxoga uylangan. Ularning toʻyi nihoyatda dabdabali oʻtgan, deya taʼriflangan. Al-Muʼizz Ummu Yusufga kuchli muhabbat qoʻygan edi[6].
Al-Muʼizz 1022-yilda ammasi hokimiyatdan agʻdarilishi ortidan hokimiyatni egallagan. Keyinchalik Fotimiylar bilan munosabatlar keskinlashdi, chunki ular 1027-yilda Tripolitaniyadagi Zanatlar qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatladilar. Natijada mintaqa ustidan nazorat butunlay yoʻqotildi. Oʻgʻli Abdulloh 1038—1040-yillarda Sitsiliyadagi fuqarolar urushiga Ziriylar qoʻshini bilan aralashib, orolni qisqa muddat boshqargan edi.
Siyosiy tartibsizliklarga qaramay, dastlabki umumiy iqtisodiy farovonlik keng koʻlamli qurilish dasturini amalga oshirishga imkon yaratdi. Biroq qirollik 1040-yillarda iqtisodiy inqirozga yuz tutib, valyuta qadrsizlanishi, epidemiya va ocharchilik sodir boʻldi. Bu, ehtimol, Ziriylarning Fotimiylarga har yili toʻlashga majbur boʻlgan katta miqdordagi oʻlpon bilan bogʻliq boʻlgan. Ular yiliga bir million oltin dinor miqdorida oʻlpon toʻlashga majbur edilar.
Al-Muʼizz 1045-yilda Bagʻdod Abbosiylari hokimiyati qonuniyligini tan olib, sunniylikni qabul qilgach[7][8], Fotimiylar bilan aloqa butunlay uzildi. Ushbu qarorga kelish uchun Qayravondagi sunniy huquqshunoslar taʼsiri, saltanatda sunniy jamoatchilik bosimi kuchayishi va ozchilik shialarga nisbatan shafqatsiz munosabat sabab boʻlgan edi[9]. Hatto yangi zarb etilgan tangalarda Fotimiylar va ularning tarafdorlari bidʼatchi, deya qoralandi[10].
Fotimiylar esa Misrdan Ifriqiyaga Banu Hilol va Banu Sulaym badaviy qabilalaridan tashkil topgan qoʻshin bilan harbiy yurish uyushtirishni rejalashtirdilar. Badaviylar bosqini (1051—1052) Jabal Haydarondagi magʻlubiyatdan soʻng katta qiyinchilik keltirdi. Bu esa Ifriqiya qishloq xoʻjaligiga jiddiy taʼsir qildi. Fotimiylar 1053—1054-yillarda Makin ud-Davlani badaviy bosqinchilarni birlashtirib, al-Muʼizzni Qayravonda qamal qilish hamda Gabes va Ifriqiyaning ichki hududlarini zabt etish uchun yubordilar[11]. 1057-yilda Qayravonning zabt etilishi yana anarxiya keltirib chiqardi. Ziriylar ichki hududlar ustidan nazoratni yoʻqotib, faqat qirgʻoqboʻyi mintaqalarini saqlab qolishga muvaffaq boʻldilar. Shu bois, poytaxt Mahdiyaga koʻchirildi. Badaviy amirliklarning kuchayishi hamda hududlardagi beqarorlikning davom etishi tufayli Ifriqiya iqtisodi tobora koʻproq Oʻrta yer dengiziga yoʻnaltirildi. Natijada, qirgʻoq boʻyidagi shaharlar dengiz savdosi va qaroqchilik bilan oʻz ahamiyatini oshirdi.
„Kitob ad-Davla Sanhajiya“ asariga koʻra, al-Muʼizz hijriy 454-yil 24-shaʼbon (milodiy 1062-yil 2-sentyabr) kuni qandaydir jigar xastaligidan vafot etgan[12]. Al-Muʼizzdan soʻng taxtga oʻgʻli Tamim ibn Muiʼzz oʻtirgan.
Adabiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Muʼizz mashhur „Kitob umdat al-kuttab va uddat zaviy al-albob“ (Kotiblar shtabi) asarining muallifi hisoblanadi[13]. Kitob oʻn ikki bobdan iborat boʻlib, unda qalamning afzalligi, turli xil siyohlar tayyorlash (jumladan, rangli va metall siyohlar, shuningdek, kumush qirindisi va spirtdan tayyorlanadigan siyohlar), boʻyoq va aralashmalarga rang berish, maxfiy yozuv, qogʻoz, arab yelimi va yelim tayyorlash kabi masalalar yoritilgan[14][15].
Ibn Sharaf va Ibn Rashiq uning saroyida raqib shoirlar boʻlgan. Al-Muʼizz ular oʻrtasida raqobat paydo qilgan, deb aytiladi[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 240-241-bet.
- ↑ Miled, Emna Ben. Les tunisiennes ont-elles une histoire? (fr). E. Ben Milen, 1998 — 188-bet. ISBN 978-9973-807-04-5. Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Ibn Khallikan. Deaths of Eminent Men and the Sons of the Epoch (Vol. III) — 386–8-bet. Qaraldi: 2022-yil 12-aprel.
- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 142-bet.
- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 143-bet.
- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 135-136-bet.
- ↑ Africa from the Seventh to the Eleventh Century, abridged, illustrated, James Currey Publishers, 1 Jan 1992 — 172–3-bet. ISBN 9780852550939.
- ↑ The Power of Oratory in the Medieval Muslim World. Cambridge University Press, 6 Aug 2012 — 136-bet. ISBN 9781107023055.
- ↑ ; Noelle Watson; Paul SchellingerMiddle East and Africa: International Dictionary of Historic Places. Routledge, 5 Mar 2014 — 37-bet. ISBN 9781134259939.
- ↑ The New Cambridge Medieval History, Volume 2; Volume 4. Cambridge University Press, 2004 — 696-bet. ISBN 9780521414111.
- ↑ Brett, Michael. Fatimid Empire. Edinburgh University Press, 2017 — 186–187-bet. ISBN 978-0-7486-4077-5.
- ↑ Al Hadi, Rouji Idris. كتاب الدّولة الصّنهاجيّة تاريخ إفريقية في عهد بني زيري - من القرن 10 إلى القرن 12م - جزأين, 1985 — 283-bet.
- ↑ Levey, Martin (1962). "Mediaeval Arabic Bookmaking and Its Relation to Early Chemistry and Pharmacology". Transactions of the American Philosophical Society. New Series 52 (4): 1–79. doi:10.2307/1005932. ISSN 0065-9746.
- ↑ „MuslimHeritage.com - Topics“. www.muslimheritage.com. 2002-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Technology Transfer in the Chemical Industries“. 2008-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-mart.
- ↑ Pellat, Charles (1971). "Ibn Sharaf al-Ḳayrawānī". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume III: H–Iram (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 936–937 b. OCLC 495469525. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_3374.