Al-Muʼaytiy
| Al-Muʼaytiy | |
|---|---|
| Xalifa | |
| Denia va Balear orollari hukmdori | |
| Vafoti | 1041 |
| Uy | Umaviylar xalifaligi |
| Otasi | Ubaydulloh ibn al-Volid |
| Dini | Islom |
Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn al-Volid al-Mu’aytiy, shuningdek, al-Mu’itiy (milodiy 1041/hijriy 432-yilda vafot etgan) – 1014 yildan 1016-yilgacha Deniada hukmonlik qilgan Umaviylar xalifasi. Kordovada hukmronlik qilgan Sulaymon ibn al-Mustaʼinga qarshi chiqqan. Marvoniylar naslidan boʻlib, al-Andalusdagi Umaviy xalifalar ichida Abdulrahmon III avlodidan boʻlmagan yagona shaxs edi[1]. Aslida al-Mu’aytiy oʻzining hojibi (devonbegisi) Mujohid al-Amiriy qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib, haqiqiy hokimiyat Denia podsholigida Mujohidning qoʻlida edi. Uning hukmronligi Denia va Balear orollaridan nariga oʻtmagan.
Al-Mu’aytining kunyasi Abu Abdurahmon („Abdurahmonning otasi“), haqiqiy ismi esa Abdulloh boʻlgan. Shuningdek, otasi Ubaydullohning nasabidan kelib chiqishini koʻrsatuvchi patronimlari ham mavjud. Tarixchi Ibn Bashkuvol al-Mu’aytiyning nasabini Umaviylar sulolasining nomini bergan Umayya ibn Abdushamsgacha yozib qoldirgan. „Al-Mu’aytiy“ nisbasining oʻzi esa uning Abu Mu’ayyit avlodidan ekanligini bildiradi[2].
1014-yil iyulida Mujohidning raqibi Xayron as-Saqlabiy tomonidan Almeríaning egallanishi ketidan Mujohid hokimiyatini qonuniylashtirish maqsadida oʻzini xalifa deya eʼlon qildi. Paygʻambar Muhammadning avlodi va Quraysh qabilasidan boʻlgan Abdulloh ibn Ubaydulloh al-Mu’aytiy qonuniy daʼvogar sifatida tan olindi. U aslida misrlik faqih boʻlib, 1013-yilda Sulaymonning berber qoʻshini bilan xalifa Hishom II ni taxtdan agʻdarib tashlagach, Kordovadan qochib, Deniada panoh topgan edi. 1014-yil dekabrida u al-Muntaṣir billoh laqabi bilan xalifa sifatida eʼlon qilindi[3]. Shundan soʻng Mujohid unga bay’at bergan va hojib etib tayinlangan[4].
Al-Mu’aytiy va uning oʻgʻli Abdurahmonning ismlari Denia tangalari va bayroqlariga yozilgan[5][6].
Al-Mu’aytiy xalifa etib tayinlanganidan bir necha oy oʻtib, Mujohid yangi xalifa nomidan Sardiniya orolini zabt etish uchun yurishga otlandi. Uning yoʻqligida Ali ibn Hammud boshchiligidagi qoʻzgʻolon Sulaymonni taxtdan agʻdardi va va u qatl qilindi. Tarixchi Ibn Idharining yozishicha, Sulaymon asosiy eʼtiborini al-Mu’aytiyning koʻtarilishiga qaratib qolgan va Alining qoʻzgʻolonini oldindan sezmagan. Natijada, Umaviy naslidan boʻlmasa-da, Ali tez orada oʻzini xalifa deb eʼlon qilgan[7].
Mujohidning yoʻqligidan foydalangan holda, al-Mu’aytiy oʻz hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshirishga urindi. Ammo 1016-yilda Sardiniyaga qilgan ikkinchi yurishi ham muvaffaqiyatsiz tugab qaytgan hojib Mujohid al-Mu’atiyni taxtdan agʻdarib, uni Afrikaga surgun qildi[8]. U yerda u „umrining qolgan qismini darbadar muallim sifatida oʻtkazib, shogirdlariga bir vaqtlar Paygʻambar vorisi boʻlganini daʼvo qilib, uzundan-uzoq hikoyalar aytib bergan“[9]. U 1041-yilda vafot etgan, manbalarga koʻra, yoki Marokashning Kutama[10] yoki Bagʻdodda vafot etgan[11].
Al-Mu’aytiy taxtdan chetlatilgach, Mujohid 1017 yoki 1018-yilda Kordovada Sulaymon ibn al-Mustaʼinning oʻrnini egallagan Abdulloh ar-Rahmon al-Murtadoyni xalifa sifatida tan oldi. Hatto ayrim manbalarda aytilishicha, al-Mu’aytiyning agʻdarilishi 1016-yildan keyin hokimiyatni egallagan, Umaviylarga qarshi chiqqan Hammudiylar sulolasiga qarshi yagona kuch sifatida birlashish zarurati bilan bogʻliq boʻlgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- ↑ Félix Retamero (2006). "La formalización del poder de los mulūk de Denia (siglo V h./XI d.C.)" (Spanish). Al-Qanṭara 27 (2): 417–445. http://al-qantara.revistas.csic.es/index.php/al-qantara/article/view/9/9.
- ↑ Peter C. Scales, The Fall of the Caliphate of Córdoba: Berbers and Andalusis in Conflict (Leiden: Brill, 1994), p. 137.
- ↑ Scales (1994), p. 92.
- ↑ Félix Retamero (2006). "La formalización del poder de los mulūk de Denia (siglo V h./XI d.C.)" (Spanish). Al-Qanṭara 27 (2): 417–445. http://al-qantara.revistas.csic.es/index.php/al-qantara/article/view/9/9.
- ↑ Idris El Hareir, „Islam in al-Andalus and the Mediterranean Islands (91–898/710–1492)“, The Different Aspects of Islamic Culture, Vol. 3:The Spread of Islam Throughout the World (UNESCO Publishing, 2011), pp. 425–82, at 435.
- ↑ Scales (1994), p. 92.
- ↑ "Encyclopaedia of Islam (12 vols.)" (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 1960–2005. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- ↑ D. J. Wasserstein, The Caliphate in the West: An Islamic Political Institution in the Iberian Peninsula (Oxford: Clarendon Press, 1992), p. 127.
- ↑ Scales (1994), p. 92.
- ↑ Idris El Hareir, „Islam in al-Andalus and the Mediterranean Islands (91–898/710–1492)“, The Different Aspects of Islamic Culture, Vol. 3:The Spread of Islam Throughout the World (UNESCO Publishing, 2011), pp. 425–82, at 435.
- ↑ Félix Retamero (2006). "La formalización del poder de los mulūk de Denia (siglo V h./XI d.C.)" (Spanish). Al-Qanṭara 27 (2): 417–445. http://al-qantara.revistas.csic.es/index.php/al-qantara/article/view/9/9.