Kontent qismiga oʻtish

Al-Malik al-Mansur

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Malik al-Mansur
Al-malik al-Mansur
Misr sultoni
Saltanat 1361-yil 17-mart – 1363-yil 29-may
Oʻtmishdoshi An-Nosir Hasan
Davomchisi al-Ashraf Shaʼbon
Toʻliq nomi
Al-malik al-Mansur Salohiddin Muhammad ibn Hajji ibn Muhammad ibn Qalavun
Uy Qalavuniylar
Sulola Bahriy
Otasi al-Muzaffar Hajji
Dini Islom

Al-Mansur Salohiddin Muhammad ibn Hajji ibn Muhammad ibn Qalavun (1347/1348–1398), asosanal-Mansur Muhammad nomi bilan tanilgan, 1361–1363-yillarda mamluk sultoni boʻlgan. U faqat nomigagina hukmronlik qilgan, amalda hokimiyat mamluk amirlari, xususan al-Mansur Muhammadning regenti Yalbugʻa al-Umariy qoʻlida boʻlgan. Aynan shu kishi al-Mansur Muhammadning salafi va amakisi an-Nosir Hasanni oʻldirtirib, uning oʻrniga al-Mansur Muhammadni taxtga oʻtqazgan.

Al-Mansur Muhammad sulton al-Muzaffar Hajji (1346–1347-yillar hukmronlik qilgan)ning oʻgʻli edi[1]. 1361-yilda amir Yalbugʻa al-Umariy tomonidan amakisi, sulton an-Nosir Hasan (1354–1361-yillar hukmronlik qilgan) oʻldirilganidan soʻng, Yalbugʻa va boshqa yirik amirlar yoki aʼyonlar oʻsha paytda oʻsmir boʻlgan[2][3] al-Mansur Muhammadni an-Nosir Hasanning vorisi sifatida tanlab oladilar[2]. Uni taxtga chiqarib qoʻyganlar sakkiz nafar amirdan iborat boʻlib, ularning boshida Yalbugʻa va Taybugʻa at-Tavvil turar edi[2]. Ularning al-Mansur Muhammadni, yaʼni sulton an-Nosir Muhammad (1310–1341-yillar hukmronlik qilgan)ning nabirasini sulton etib tayinlash haqidagi qarori an-Nosir Muhammadning oʻgʻillarini sulton qilib oʻtqazish anʼanasiga barham berdi[2]. Ular al-Mansur Muhammadni an-Nosir Muhammadning oxirgi tirik qolgan oʻgʻli al-Amjad Husayn oʻrniga tanladilar, chunki al-Mansur Muhammadni boshqarish osonroq boʻladi, deb hisoblagan edilar[2]. Yangi tuzumda Yalbugʻa yirik amirlar orasida eng qudratlisi edi, biroq u asosan Taybugʻa bilan hamkorlikda hukmronlik qilardi[2].

1363-yil boshida Yalbugʻa va Taybugʻa sultonning nomunosib xatti-harakati haqidagi ayblovlarga tayangan holda al-Mansur Muhammadni taxtdan agʻdardilar[3]. Ular uning amakivachchasi, al-Amjad Husaynning oʻn yoshli oʻgʻli al-Ashraf Shaʼbonni al-Mansur Muhammadning vorisi qilib tanladilar, chunki ularni nazorat qilish yanada oson boʻladi, deb oʻylashgan edi[3]. Al-Mansur Muhammad 1398-yilda vafot etadi va otasining onasi (al-Muzaffar Hajjining xotini) maqbarasiga, Ravza orolida dafn qilinadi[4]. Uning oʻn farzandi boʻlgan[4].

  1. Steenbergen, Jo Van. Order Out of Chaos: Patronage, Conflict and Mamluk Socio-political Culture, 1341–1382. Brill, 2006. ISBN 9789004152618. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Steenbergen 2011, p. 434.
  3. 3,0 3,1 3,2 Steenbergen 2011, p. 437.
  4. 4,0 4,1 Bauden, Frédéric „The Qalawunids: A Pedigree“. University of Chicago. Qaraldi: 2016-yil 25-fevral.
  • Steenbergen, Jo Van (2011-yil sentabr). "Amir Yalbugʻā al-Xossakiy, Qalāvuniylar sultonligi va mamluk jamiyatining madaniy muhiti: 1360-yillardagi mamluk siyosatiga qayta baho". Journal of the American Oriental Society (American Oriental Society) 131 (3): 423–443. 
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
an-Nosir Hasan
Mamluk sultoni
1361-yil mart – 1363-yil may
Vorisi:
al-Ashraf Shaʼbon