Al-Magʻiliy
Al-Magʻiliy المغيلي | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 1440 |
| Vafoti |
1505 (yoshi 64–65) |
| Dini | Islom |
| Era | Songhay davri |
| Hudud | Shimoliy Afrika va Gʻarbiy Afrika |
| Mazhab | Sunniy |
| Yurisprudensiya | Molikiy[1][2]. |
| Imom | Ashʼariy[1]. |
| Asosiy qiziqish(lar)i | fiqh, hadis, Arab tili grammatikasi, Arab ritorika ilmi, tasavvuf, ilohiyot, siyosiy falsafa |
| Mashhur ish(lar)i | Tāj ad-Dīn fīmā yajibu ʿalā al-mulūk |
| Tariqat | Qodiriylik[1]. |
| Kasbi | Ulamo, faqih, siyosiy nazariyotchi, sufiy, Islom ilohiyotchisi |
Muhammad ibn Abdulkarim al-Magʻiliy (arabcha: محمد بن عبد الكريم المغيلي), odatda Al-Magʻiliy (arabcha: المغيلي) nomi bilan tanilgan; 909–840 hijriy/ 1440–1505 milodiy) – tlemsenlik berber sunniy ulamo, Gʻarbiy Afrikaning eng nufuzli oʻrta asr olimlaridan biri. U asosan uch narsa bilan yodga olinadi: yahudiylarga qarshi yuritgan kampaniyalari, islomiy islohiyotchisi sifatidagi oʻrni va siyosiy nazariyaga qoʻshgan hissasi. Bundan tashqari, u keng qamrovli asarlar merosini qoldirgan boʻlib, ular molikiy fiqhi, hadis ilmi, kalom (ilohiyot), tasavvuf, arab grammatikasi, ilm al-balagʻna, hamda siyosiy falsafa kabi turli sohalarni qamrab olgan[3][4]. Al-Magʻiliy 15-asr oxirlarida Songhay imperiyasiga xizmat qilgan, 1493-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Askia Muhammad al-Aʼzamning maslahatchisi va diniy yetakchi sifatida faoliyat yuritgan[5].
Al-Magʻiliy Shimoliy va Gʻarbiy Afrikani kezib chiqqan, u yerlarda shariatning holati va mintaqadagi zimmiylarning maqomini oʻrgangan va ularga qarshi chiqgan. Bu kabi masalalardagi keskin qarashlari uni oʻsha davrning mashhur Magʻrib olimlari va amaldorlariga qarshi qoʻydi[6][7]. Oʻzining ilohiy qarashlari doirasida Magʻiliy siyosiy fikrini Gʻarbiy Afrika hukmdorlari saroylarida berilgan yuridik maslahatlar shaklida ilgari surgan va islomiy fanlar sohasidagi hunarini davom ettirgan[6][8]. Katta darajadagi tub oʻzgarishlarni boshlab bermagan boʻlsa-da, Magʻiliy Gʻarbiy Afrikaning islomlashuvida muhim rol oʻynadi; uning asarlari yaratilgan paytidan boshlab Gʻarbiy Afrikada koʻchirib yozilib, oʻrganilib va amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda, bu esa uni mintaqada islom rivojlanishining eng muhim shaxslaridan biriga aylantiradi[9].
Al-Magʻiliyning hayoti haqidagi maʼlumotlarning aksariyati ikkita manbadan olinadi: Ibn Askarning Davhat an-Nashir li-Mahasin man kana min al-Magʻrib min Ahl al-Karn al-ashir asari va Ahmad Bobo at-Tinbuktiyning Nayl al-Ibtihaj bi-tatriz ad-Dibaz asari[7]. Uning asarlarining asl qoʻlyozmalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon raqamli kutubxonasida mavjud[10].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 „The Caliph's Law: Legality and Legitimacy in the Sokoto Caliphate“. 2024-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Shekarau, Ibrahim. My Vision Collection of His Excellency, Malam Ibrahim Shekarau's Speeches in English, During His First Tenure as Governor of Kano State (May 29, 2003 to May 28, 2007). Kano State Government, 2007 — 421–424-bet.
- ↑ „Wodaabe People“. University of Iowa. 2005-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kate Fleet, Gudrun Krämer, Denis Matringe, John Nawas, Everett Rowson „Muḥammad b. ʿAbd al-Karīm al-Maghīlī“, . Encyclopaedia of Islam - Three 2019-3. Brill, 5 April 2019. ISBN 978-9004386648.
- ↑ Crowder, Michael „2 Islam as a counterforce to European penetration“, . West Africa Under Colonial Rule. Taylor & Francis, 7 July 2023. ISBN 9781000958119.
- 1 2 Hunwick, John O. (1985). "Al-Mahîlî and the Jews of Tuwât: The Demise of a Community". Studia Islamica (61): 155–183. doi:10.2307/1595412. ISSN 0585-5292.
- 1 2 Syros, Vasileios (2015). "Behind Every Great Reformer There is A "machiavelli": Al-Maghīlī, Machiavelli, and the Micro-Politics of an Early Modern African and an Italian City-State". Philosophy East and West 65 (4): 1119–1148. doi:10.1353/pew.2015.0092. ISSN 0031-8221.
- ↑ Brenner, Louis (1986). Hunwick, John O.. ed. "A Text for Another Time". The Journal of African History 27 (3): 560–562. doi:10.1017/S0021853700023379. ISSN 0021-8537. https://archive.org/details/sim_journal-of-african-history_1986_27_3/page/560.
- ↑ Blum, Charlotte; Fisher, Humphrey (1993). "Love for Three Oranges, or, the Askiya's Dilemma: The Askiya, al-Maghīlī and Timbuktu, c. 1500 A.D.". The Journal of African History 34 (1): 65–91. doi:10.1017/S0021853700033004. ISSN 0021-8537. https://archive.org/details/sim_journal-of-african-history_1993_34_1/page/64.
- ↑ „Askiyah's Questions and al-Maghili's Answers [al-Maghili's Tract on Politics]“ (1450). 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 14-yanvar.