Hajjoj Ibn Yusuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-Hajjoj as-Saqafiydan yoʻnaltirildi)
Hajjoj Ibn Yusuf
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 660-yil
Vafoti 714-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi noib

Hajjoj Ibn Yusuf (arabcha: حجاج بن يوسف — Hajjoj Ibn Yusuf — Toʻliq ismi:Hajjoj Ibn Yusuf Saqafiy (660-714)) — noib va qoʻmondon.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajjoj Ibn Yusuf, al-Haj joj as-Saqafiy (660, Toif — 714, Vosit) — umaviylarnnig Hijoz (692—694) va Iroqdagi (694-yildan) noibi, xatib. Toifda dars berish bilan shugʻullangan, soʻngra Damashqda xalifa Abdulmalik ibn Marvonning noibi Ruh ibn Zinboʼning shaxsiy qoʻriqchilari boshligʻi. 691—692-yillarda Makkada isyon koʻtargan Abdulloh ibn az-Zubayrga qarshi kurashgan umaviylar qoʻshini qoʻmondoni. Xalifa uni Hijoz, Yaman, Yamoma voliysi etib tayinlagan, keyinchalik unga Iroqni ham bergan. Umaviylarning siyosiy muxoliflariga nisbatan shafqatsizligi bilan shuhrat qozongan. 700-yilda moliya va soliq islohoti oʻtkazgan, Vosit shahriga asos solgan, Furot va Dajla daryolarining quyi oqimi boʻylaridagi botqoqliklarni quritib, qishloq xoʻjaligi ekinlari ektirgan, sugʻorish kanallarini qayta tiklagan. Bu tadbirlar natijasida Umaviylar hokimiyati mustahkamlangan, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda bosqinchilik siyosati olib borish imkoniyati tugʻilgan. Bosqinchilik yurishlari Hajjoj Ibn Yusuf rahbarligi ostida, unga tobe arab sarkardalari tomonidan olib borilgan (qarang Kutayba ibn Muslim). Arab yozuvida nuqta va harakat belgilari qoʻyilishi joriy qilinishini Hajjoj Ibn Yusuf nomi bilan bogʻlaydilar.[1]

Mahfuza Alimova.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 525.