Al-Fath ibn Xoqon
| Al-Fath ibn Xoqon الفتح بن خاقان | |
|---|---|
| Tavalludi |
tax. milodiy 817 Abbosiylar xalifaligi |
| Vafoti |
861-yil 11-dekabr (44 yoshda) Samarra, Abbosiylar xalifaligi |
| Fuqaroligi | Abbosiylar |
Al-Fath ibn Xoqon (arabcha: الفتح بن خاقان) (tax. 817/8–861-yil 11-dekabr) – Abbosiylar xalifaligi arbobi, xalifa al-Mutavakkil (h. 847–861) saroyidagi eng nufuzli shaxslardan biri. Xalifa al-Mu’tasim xizmatidagi turklar naslidan boʻlgan sarkardasining oʻgʻli edi. Al-Fath yetti yoshida al-Mu’tasim tomonidan asrab olingan va boʻlajak xalifa al-Mutavakkil bilan xalifa saroyida birga tarbiyalangan. Al-Mutavakkil taxtga oʻtirgach, al-Fath Misr va Shom (Suriya) viloyatlarining hokimi kabi bir qancha rasmiy lavozimlarni egallagan. U al-Mutavakkilning bosh maslahatchisi va eng ishonchli odamlaridan biri boʻlgan. Yaxshi taʼlim olgan, kitobsevar va bilimdon inson boʻlgan al-Fath yozuvchi sifatida ham tanilgan, yozuvchilarning homiysi boʻlgan va Samarradagi saroyida katta kutubxona tashkil qilgan. Xalifa al-Mutavakkil bilan birga turk gvardiyasi tomonidan oʻldirilgan.
Kelib chiqishi va yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Fath Fargʻona hukmdorlar sulolasi bilan qarindoshlik aloqalari boʻlgan turk zodagonlaridan biri Xoqon ibn Urtujning oʻgʻli edi[1]. Markaziy Osiyodan xalifa qoʻshinida xizmat qilish uchun kelgan Urtuj xalifa al-Muʼtasim (h. 833–842) tomonidan tashkil etilgan turk gvardiyasining Ashinas, Vosif at-Turkiy va al-Afshinlar kabi asosiy qoʻmondonlari qatoriga koʻtarilgan edi[1]. Al-Fath taxminan 817/818-yillarda tugʻilgan, boʻlajak xalifa al-Mutavakkil bilan tengdosh boʻlgan, u bilan birga goʻdakligidan tarbiya topgan, taʼlim olgan va uning eng yaqin doʻsti hamda ishonchli hamrohiga aylangan. Al-Fath yetti yoshida xalifa al-Mu’tasim tomonidan asrab olingan[2]. Al-Fathning birodarlari orasida eng mashhuri Muzahim ibn Xoqon boʻlib, harbiy qoʻmondon lavozimigacha koʻtarilgan va oxir-oqibat Misr hokimi boʻlgan. Undan soʻng bu lavozimni oʻgʻli Ahmad ibn Muzahim ibn Xoqon egallagan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Kraemer 1989.
- ↑ Pinto 1965.
- ↑ Gordon 2001.