Al-Bakriy
Abū Ubayd Abdulloh ibn Abdulaziz ibn Muḥammad ibn Ayyub ibn Amr al-Bakriy | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 1040 |
| Vafoti |
1094 |
| Dini | Islom |
| Era | Kordova xalifaligi |
| Hudud | Al-Andalus |
| Asosiy qiziqish(lar)i | Islom tarixi, geografiya |
Abu Ubayd Abdulloh ibn Abdulaziz ibn Muḥammad ibn Ayyub ibn Amr al-Bakriy (arabcha: أبو عبيد عبد الله بن عبد العزيز بن محمد بن أيوب بن عمرو البكري), yoki al-Bakriy (taxminan 1040—1094) – millati arab boʻlgan andalusiyalik tarixchi hamda Gʻarbiy musulmon olamining geografi boʻlgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Bakriy Huelva shahrida tugʻilgan. 1031-yilda Kordova xalifaligi qulagach, oilasi bu yerda barpo etgan qisqa umrli amirlik hukmdorining oʻgʻli edi[2][3]. Al-Bakriy arablarning Bakr qabilasiga mansub boʻlgan[4]. Otasi Sevilya taifasi hukmdori al-Muʼtazid (1042—1069) tomonidan taxtdan agʻdarilgach, al-Bakriy Kordovaga koʻchib oʻtadi. U yerda geograf al-Udriy va tarixchi Ibn Hayyondan taʼlim oladi. Butun umrini al-Andalusda oʻtkazgan, asosan Sevilya va Almeriyada yashagan. Sevilyada boʻlgan davrida El Cid Alfonso VI nomidan xiroj yigʻish uchun kelganiga guvoh boʻlgan[3]. Al-Bakriy oʻz asarlarida tasvirlagan hududlarga shaxsan safar qilmagan holda, Kordovada vafot etgan[5].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Bakriy Yevropa, Shimoliy Afrika va Arabiston yarimoroli haqida yozgan. Uning faqat ikkita asari bizgacha yetib kelgan. Uning Muʿjam mā istaʿjam asari asosan Arabiston yarimoroliga oid joy nomlari roʻyxatini oʻz ichiga oladi va kirish qismida geografik asoslar bayon etiladi. Eng muhim asari esa Kitāb al-Masālik wa-al-Mamālik (Yoʻllar va mamlakatlar kitobi (كتاب المساليك والمماليك) hisoblanadi. Ushbu asar 1068-yilda adabiy manbalar hamda savdogar va sayohatchilar xabarlari asosida yozilgan boʻlib, ular qatorida Muhammad ibn Yusuf Varroq (904—973) va Abraham ben Jacob ham bor edi[5][6]. Mazkur asar Gʻarbiy Afrika tarixi boʻyicha eng muhim manbalardan biri sanaladi hamda Gana imperiyasi, Almoraviylar sulolasi va Transsahroi kabir savdosi haqida muhim maʼlumotlar beradi[6]. Varroqdan olingan maʼlumotlar 10-asrga oid boʻlsa-da, al-Bakriy oʻz davriga yaqin voqealar haqidagi xabarlarni ham asariga kiritgan[6].
Al-Bakriy transsahroi kabir savdosida islomni qabul qilgan eng qadimgi shahar markazlari haqida maʼlumot beradi. 10-asr oxirlarida Gao Niger daryosi boʻyidagi mahalliy musulmon aholiga ega boʻlgan kam sonli shaharlardan biri edi. Buyuk daryoning ilonizi kabi egri-bugri oqimi boʻylab joylashgan boshqa markazlar ham keyinchalik islomni qabul qildilar. Jumladan, Takrur (Mavritaniya, Senegal), Songai (Mali), Kanem-Bornu (Chad), hamda Hausa hududlari (Nigeriya) kabilar. 11-asrga kelib, ushbu va boshqa ravnaq topgan islomiy shaharlar haqidagi xabarlar shimolga, janubiy Iberiyadagi al-Andalusga yetib bordi va bu al-Bakriyga oʻzining Kitāb al-Masālik wa al-Mamālik asarida shunday yozish imkonini berdi: „Gana shahri tekislikda joylashgan ikki shahardan iborat“. U yana shunday deydi: „Bu shaharlardan biri musulmonlar istiqomat qiladigan katta shahardir. Unda oʻn ikki masjid bor boʻlib, ulardan birida juma namozi oʻqiladi. U yerda maosh oluvchi imomlar va muazzinlar, shuningdek, yuristlar va ulamolar mavjud“[7].
Uning asarlari maʼlumotlarni nisbatan xolis bayon etishi bilan ajralib turadi. Har bir hudud boʻyicha aholi, ularning urf-odatlari, shuningdek geografiya, iqlim va asosiy shaharlar haqida tavsif beradi. Shunga oʻxshash maʼlumotlar Arabiston yarimoroliga bagʻishlangan geografik asarida hamda oʻzi yashagan davr dunyosiga oid ensiklopedik bitigida ham mavjud boʻlgan. Shuningdek, har bir hudud haqida turli qiziqarli rivoyat va latifalarni ham keltiradi. Afsuski, asosiy asarining bir qismi yoʻqolgan, saqlanib qolgan qismlarning ayrimlari esa hali nashr etilmagan[6].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oydagi kraterlardan biriga al-Bakriy nomi berilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lévi-Provençal, E. [„Abū ʿUbayd al-Bakrī“ (2012-yil 24-aprel).]
- ↑ Lévi-Provençal 1960, s. 155
- ↑ 3,0 3,1 [[1] „Al-Bakrī, Ab | Encyclopedia.com“]. [www.encyclopedia.com]. Qaraldi: 2022-yil 11-iyul.
- ↑ Hermes, N. (2012). The [European] Other in Medieval Arabic Literature and Culture: Ninth-Twelfth Century AD. Springer. „Judged as the greatest geographer of al-Andalus, polyvalent scholar Abu ʿUbayd ʿAbd Allah al-Bakri belonged to the powerful Arab tribe of Bakr ibn Wail“
- ↑ 5,0 5,1 Vernet 1970
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Levtzion & Hopkins 2000, ss. 62–63
- ↑ [[2] „Saudi Aramco World : From Africa, in Ajami“]. 2014-yil 30-noyabrda asl nusxadan [[3] arxivlangan]. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lévi-Provençal, E. (1960), „Abū ʿUbayd al-Bakrī“, Encyclopaedia of Islam 2nd Ed. Vol. 1, Leiden: Brill, 155–157-bet.
- Levtzion, Nehemia; Hopkins, John F.P., muh. (2000) [1981], Corpus of Early Arabic Sources for West Africa, New York, NY: Marcus Weiner Press, ISBN 1-55876-241-8. Pages 62–87 contain an extract from „The Book of Routes and Realms“ describing West Africa.
- Vernet, J. (1970), „Bakrī, Abū ʿUbayd ʿAbdallāh Ibn ʿAbd al-ʿAzīz Ibn Muḥammad al-“, in Gillispie, Charles C. (muh.), Dictionary of Scientific Biography Vol. 1, New York: Charles Scribner's Sons, 413–414-bet.
- El-Bekri. Description de l'Afrique septentrionale, Mac Guckin de Slane, translator and editor, Paris: Imprimerie Impériale, 1859. Revised edition with corrections (1913), Tangiers: Adolphe Jourdan. Available from Gallica.
- Reinaud, J.T. (1860). "Notice sur les dictionnaries géographiques arabes". Journal Asiatique. 5 16: 65–106. http://gallica.bnf.fr/ark:/12148/bpt6k931762.image.f65. Al-Bakri’s dictionary is mentioned on page 75.
- White, Robert C. (1968). "Early geographical dictionaries". Geographical Review 58 (4): 652–659. doi:10.2307/212687.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vernet, J. (2008). "Al-Bakrī, Abū ʿUbayd ʿAbdallāh Ibn ʿAbd Al-ʿAzīz Ibn Muḥammad". Complete Dictionary of Scientific Biography. Encyclopedia.com. http://www.encyclopedia.com/doc/1G2-2830900238.html.
- „The Culture of Al-Andalus: Geography“. Unity Productions Foundation.