Al-Bahluliyah
Al-Bahluliyah البهلولية | |
|---|---|
| Shaharcha | |
|
| |
| 35°38′2″N 35°57′22″E / 35.63389°N 35.95611°E | |
| Mamlakat | Suriya |
| Muhofaza | Latakiya |
| Okrug | Latakiya okrugi |
| Kichik tuman | al-Bahluliyah |
| Aholisi (2004) |
4 665[1] |
| Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
| |
Al-Bahluliyah (arabcha: البهلولية) Suriya shimoli-gʻarbidagi shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasi tarkibiga kiradi. Latakiya shimolida joylashgan. Gʻarbda ash-Shamiya va Burj Islom, janubi-gʻarbda Sitmarxo va al-Qanjara, shimoli-sharqda esa al-Haffa bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda al-Bahluliyah aholisi 4 665 kishini tashkil qilgan[1]. Aholisi alaviylardan iborat[2].
Al-Bahluliyahga bir nechta shahar va munitsipalitetlar qarashli. Jumladan Al-Bahluliyah munitsipaliteti, Az-Zobar munitsipaliteti va Fadra munitsipaliteti. Bundan tashqari, ushbu munitsipalitetga bir qator qishloqlar ham tegishli boʻlib, ular orasida Ar-Rastin, Salib Al-Bahluliyah, Al-Qarama, Ar-Rafi’a, Ayn as-Safsaf, Sher al-Xarab, Ras Avj va Daʼtur al-Bahluliyah kabilar bor. Fadra qishlogʻi aholisi taxminan 2 500 nafar. Ushbu kichik qishloq al-Bahluliyah okrugiga qarashli. Al-Karkit va Srna qishloqlarini ham oʻz ichiga olgan munitsipalitet ham mavjud boʻlib, unda jami 5 000 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 General Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. (arabcha)
- ↑ Balanche, Fabrice. La région alaouite et le pouvoir syrien (French). Karthala Editions, 2006. ISBN 2845868189.
| Suriya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |