Al-Asmoiy
Qiyofa
Al-Asmoiy (arabcha: أبو سعيد عبد الملك ابن قريب الأصمعي; tax. 740 – 828/833), yoki Asmoiy – arab tilshunosi, filolog va Basra nahv maktabining uch yetakchi nahviylaridan biri[1]. Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashid saroyida filologiya, sheʼriyat, nasabnoma va tabiatshunoslik oʻrtasidagi ilmiy bogʻliqlikni oʻrgangan. Zoologiya boʻyicha ilk ilmiy izlanishlarni olib borgan[2]. Mashhur sheʼriy antologiya „Asmoiyyot“ asarini tuzgan, shuningdek, Antara ibn Shaddod hayotiga doir doston ham aynan unga tegishli deyiladi[ iqtibos kerak ]. Xalil ibn Ahmad al-Farohidiy va Abu Amr ibn al-Aloning shogirdi boʻlgan Asmoiy Basra maktabining boshqa mashhur vakillari Abu Ubayda va Sibavayhlar bilan zamondosh va ilmiy raqobatda boʻlgan[3].