Al-Ahli (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Ahli
Asos solingan 1937-yil
Rahbari Robert Siboldi
Murabbiyi Yassir Al-Musaylim
Musobaqasi Saudiya Pro-ligasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

"Al-Ahli" (arabcha: النادي الأهلي الرياضي السعودي[1]) — Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan futbol klubi boʻlib, Saudiya Premer-ligasida oʻynaydi. „Al-Ahli“ klubi 1937- yilda tashkil etilgan. Shahzoda Sulton bin Fahd, sigʻimi 24 000 tomoshabin va Jidda shahrida joylashgan[2]. Klub oʻz tarixida ikki marta milliy chempionat, 10 marta Qirol kubogi, 4 marta valiahd shahzodasi kubogi[3], 3 marta Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi kubogi, bir marta Arab Ligasi chempionlari va ikki marta Fors koʻrfazi klublari chempionlari kubogini qoʻlga kiritgan[4]. 1986-yild „Al-Ahli“ klubi Osiyo chempionlar ligasida finalga qadar yetib borgan[5].

Klub nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubning nomi „Al-Ahli“ (arabcha: الأهلي rus tiliga „milliy“ deb tarjima qilingan[6]. Klubning eski nomi Al-Thagar edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub 1937-yilda tashkil etilgan. U oʻzining birinchi yirik muvaffaqiyatiga 1957-yilda Saudiya Arabistonidagi birinchi mavsumida erishdi va birinchi Saudiya kubogini qoʻlga kiritdi. Klub toʻrt marta Milliy Liga chempionligini qoʻlga kiritdi (1969, 1978, 1984, 2016). 1986-yilda „Al-Ahli“ oʻz tarixidagi eng yirik xalqaro yutugʻiga erishdi, u AFC finaliga chiqdi, lekin 1:3 hisobida magʻlub boʻldi[7][8].

„Al Ahli“ klubi xalqaro murabbiylarni jalb qildi va 1978-yilda Braziliyaga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etdi[9]. Shuningdek, Italiyaning „Roma“, Gollandiyaning „Ayaks“, Angliyaning „Manchester City“, Fransiyaning „Parij“ klublariga qarshi oʻynagan[10].

„Al Ahli“ futbolkasini jahon yulduzlari (Yohan Kroyff, Maradona) xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida kiyishgan, bu Yaqin Sharqdagi hech bir klub uchun misli koʻrilmagan[11].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Saudiya chempioni (4): 1968-69, 1977/78, 1983/84, 2015/16
  • Saudiya Qirol kubogi sohibi (13): 1961/62, 1964/65, 1968/69, 1969/70, 1970/71, 1971/72, 1976/77, 1977/78, 1978/78, 30, 192 11, 2011/12, 2015/16
  • Saudiya valiahd shahzodasi kubogi (6): 1956/57, 1969/70, 1997/98, 2001/02, 2006/07, 2014/15
  • Saudiya futbol federatsiyasi kubogi sohibi (5): 2000/01, 2001/02, 2006/07, 2011/12, 2012/13
  • Saudiya Superkubogi sohibi (1): 2016

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  2. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  3. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  4. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  5. http://dictionary.sensagent.com/%D0%90%D0%BB%D1%8C-%D0%90%D1%85%D0%BB%D0%B8_(%D1%84%D1%83%D1%82%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D0%BA%D0%BB%D1%83%D0%B1,_%D0%94%D0%B6%D0%B8%D0%B4%D0%B4%D0%B0)/ru-ru/
  6. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  7. http://dictionary.sensagent.com/%D0%90%D0%BB%D1%8C-%D0%90%D1%85%D0%BB%D0%B8_(%D1%84%D1%83%D1%82%D0%B1%D0%BE%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D0%BA%D0%BB%D1%83%D0%B1,_%D0%94%D0%B6%D0%B8%D0%B4%D0%B4%D0%B0)/ru-ru/
  8. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  9. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  10. https://soccer365.ru/clubs/7686/
  11. https://soccer365.ru/clubs/7686/