Akustik koʻzgu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Akustik ko‘zgu – tushayotgan tovush to‘lqini uzunligidan chiziqli o‘lchamlari bir necha marta katta bo‘lgan silliq yuzali tovush kaytargich. Mas, dengiz sathi, imorat devori va boshqa Sirtdagi g‘adir-budurliklarning chiziqli o‘lchamlari tushayotgan tovush to‘lqini uzunligining 1G‘20 qisminigina tashkil etadigan Akustik koʻzgu silliq ko‘zgu deyiladi. Ta-kroriyligi (chastotasi) 500 gs dan yuqori bo‘lgan tovush to‘lqinlari qaytargichning o‘lchami 2x2 m bo‘lishi kerak. Tovush to‘lqinining tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun yassi Akustik koʻzgu dan, parallel tovush to‘lqinlarini bir nuqtaga to‘plash (yoki yoyish) uchun paraboloid Akustik koʻzgu dan, bir nuqtadan chiqqan tovush to‘lqinlarini 280ikkinchi bir nuqtaga to‘plash uchun el-lipsoid Akustik koʻzgu dan foydalaniladi. Akustik koʻzgu kurilish akustikasi, ultratovushlarni ilmiy tekshirish, texnika, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil